USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston “Tolibon”ga vertolyotlarni qaytarmaydi – TIV

599 марта

Özbekiston “Tolibon”ga vertolyotlarni qaytarmaydi – TIV

Avvalroq Özbekiston 2021 yilning avgustida Afğonistonda amaldagi hokimiyat qulaganida mamlakatdan olib çiqib ketilgan harbiy vertolyotlarni mamlakatni hozirda idora qilayotgan “Tolibon” muvaqqat hukumatiga qaytarişga rozi bölgani haqida xabarlar tarqalgandi. Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov bunday xabarlarni rad etdi.

Uning aytişiça, bu xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi. 


AQŞ Mudofaa vazirligi 2021 yilda “Tolibon” Afğonistonda hokimiyatni egallaganidan söng 46 ta samolyot va vertolyotning Özbekistonga, yana 18 tasining Tojikistonga olib borilganini tasdiqlagan. Bu parvoz vositalari tarkibiga Mi-17 va UH-60 vertolyotlari, şuningdek, PC-12, C-208, AC-208 va A-29 rusumli qanotli samolyotlar kirgan.

“Tolibon” bir neça bor ikkala davlatdan ham ularni topşirişni talab qilgan, biroq Toşkent va Duşanbedagi rasmiylar bu talablar yuzasidan oçiq izoh bermagan.

AQŞning Özbekistondagi elçisi oldinroq bergan bayonotida yangi kelişuvga köra, Özbekistonga qöngan 46 ta uçoq uşbu mamlakat nazoratida qolişini aytgan. AQŞning Afğoniston böyiça elçixonasi esa Tojikistonga sobiq afğon harbiy samolyotlarini “Tolibon”ga topşirmagani uçun minnatdorlik bildirgan.

Afğoniston sobiq xavfsizlik qömondonining aytişiça, “Tolibon” hokimiyatni qölga kiritişidan avval AQŞ mamlakat havo kuçlarini jami 229 ta vertolyot – jangovar va transport vositalari bilan taminlagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: