Marşal Döstum Afğonistonga qaytib, “Tolibon”ni yakson qilişini aytdi
12-06-2025, 01:04
963 марта

Marşal Döstum Afğonistonga qaytib, “Tolibon”ni yakson qilişini aytdi
Afğoniston davlat va siyosat arbobi, özbek aslli Marşal Abdulraşid Döstum Turkiya poytaxti Anqarada Qurbon hayiti munosabati bilan ötkazilgan yiğilişda “Tolibon” hukumatiga tahdid qildi. Bu haqda “Afghanistan International” naşri xabar berdi.Döstum Afğonistonni amalda boşqarayotgan guruhni mamlakatni tark etişga çaqirib, aks holda 2001 yil dekabr oyida unga sodiq kuçlar tomonidan öldirilgan 2000 nafargaça “Tolibon” askarining taqdiri yana takrorlanişi mumkinligini takidlagan. U tarixda “Daşti-Layli qirğini” nomi bilan yodda qolgan voqea bu safar yanada keng kölamda sodir bölişi mumkinligini urğulagan. Qolaversa, general bu safar “Tolibon”ning qoçiş uçun heç qanday yöli qolmagani va ular tanlaydigan har qanday yöl muxoliflar qölida bölişini bildirgan.
“Ertaga yana bizni ayblab, Daşti-Laylida nima böldi? demasinlar. Hozir na Tramp, na Putin va na Afğoniston qöşnilari “Tolibon”ga işonyapti. Xalq işonçi komil bölsin – “Tolibon” qanday kelgan bölsa, şunday ketadi. Bu hazil emas”, degan u.
Malumki, 2001 yilda “Tolibon”ning birinçi hukmronligi tugaşi arafasida, ularning katta guruhi Juzjon viloyatidagi Şibirğon şahri yaqinida joylaşgan Daşti-Laylida havo ötkazmaydigan metall idişlarda öqqa tutilgan yoki böğib öldirilgan va ommaviy qabrlarga kömilgan. 2021 yilda “Tolibon” yana hokimiyatga kelgaç, qurbonlar yotgan ommaviy qabrlar atrofiga devor qurib, maqbara barpo etdi.
Şuningdek, Döstum “Panjşer arsloni” sifatida tanilgan marhum siyosiy arbob Ahmad Şoh Masudning öğli – Milliy qarşilik kuçlari yetakçisi Ahmad Masudga murojaat qilib, uning “Tolibon”ga qarşi siyosiy va harbiy faoliyatini qöllab-quvvatlaşini bildirgan. U qiyinçiliklar sababli çarçamaslik va umidsizlikka tuşmaslik zarurligini takidlagan.
“Biz siyosiy kuçi va töliq harbiy salohiyatimiz bilan Milliy Qarşilik Jabhasining yonidamiz”, degan Döstum.