Afğonistonliklar muhim temiryöl liniyasiga xizmat körsatişni yana Özbekistonga işonib topşirdi
26-04-2025, 10:55
113 марта

Afğonistonliklar muhim temiryöl liniyasiga xizmat körsatişni yana Özbekistonga işonib topşirdi
Afğonistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining jamoat işlari vazirligi “Hayraton – Mozori-Şarif” temiryöl liniyasini işlatiş va saqlaşni davom ettiradigan Özbekistonning “Söğdiyona Trans” kompaniyasi bilan şartnomani ikki yilga uzaytirdi. Bu haqda “Pajhwok.com” naşri boşqarma matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.Afğoniston vazirligi xodimlarining aniqlik kiritişiça, yangi kelişuv boşqarma boşliği örinbosari Mavlaviy Muhammad Işoq Sixibzodaning Özbekistonga taşrifi çoğida tuzilgan. Hujjatga köra, “Özbekiston temir yöllari” aktsiyadorlik jamiyati şöba korxonasi bölgan “Söğdiyona Trans” 2025 va 2026 yillar davomida temiryöl tarmoği holatini nazorat qiladi. Biroq joriy yilning yanvar oyida mamlakatlar uşbu liniya operatori sifatida Özbekiston kompaniyasini tark etişga qaror qilgan edi.
“Özbekiston temir yöllari” davlat kompaniyasi ham qöşni davlat vakillari bilan Hayraton uçastkasida tamirlaş işlarini uzaytiriş böyiça şartnoma imzoladi. Şu bilan birga, aynan şu korxona “Mozori-Şarif – Hirot” yönalişi böylab avtomobil yöli quriş huquqini qölga kiritişi ehtimoli katta.