USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiya ilk qitalararo ballistik raketasini namoyiş qildi

46 марта

Turkiya ilk qitalararo ballistik raketasini namoyiş qildi 

Turkiyaning Istanbul şahrida ötkazilayotgan SAHA EXPO-2026 körgazmasida mamlakatning eng ilğor harbiy texnologiyalaridan biri – “Yildirimxon” qitalararo ballistik raketasi ilk bor jamoatçilikka namoyiş etildi. Bu haqda “Yeniçağ gazetesi” xabar qildi.

Rasmiy malumotlarga köra, bu uzun masofali ballistik raketa (ICBM) 6000 kilometrgaça bölgan masofani qamrab olişi bilan ajralib turadi. Mutaxassislar uning imkoniyatlari Turkiyaning mudofaa salohiyatini qitalararo darajaga olib çiqişi mumkinligini takidlamoqda.
Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Yaşar Guler raketaning strategik ahamiyatiga töxtalib, zarurat tuğilganda undan foydalanişdan “tortinmasligini” bildirgan.


Malum qilinişiça, raketa Yevropa, Osiyo va Afrika qitalarining katta qismini qamrab oluvçi keng strategik masofaga ega. Şuningdek, uning tasir zonasi Rossiyaning katta hududlari, Yaqin Şarq, Şimoliy Afrika hamda Xitoy va Hindistonning ğarbiy qismlarini ham öz içiga oladi.

Texnik jihatdan “Yildirimxon” raketasi gipertovuşli tezlikka ega bölib, nişonga yaqinlaşganda tovuşdan 25 baravar tezroq harakat qilişi mumkin. U mavjud havo mudofaa tizimlarini çetlab ötiş qobiliyatiga ega qurol sifatida baholanmoqda. Yangi raketa Turkiyaning harbiy texnologik mustaqilligini mustahkamlaş va mudofaa sohasidagi kuçini yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgani qayd etilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: