Sobiq taşqi işlar vazirining ukasiga suiqasd uyuştirildi
6-05-2026, 21:58
488 марта

Sobiq taşqi işlar vazirining ukasiga suiqasd uyuştirildi
Keça, 5 may kuni Turkiyaning Antaliya viloyati Alanya tumanida sobiq taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğlining ukasi Oydin Çovuşöğliga suiqasd uyuştirildi. Bu haqda “Haber Türk” xabar berdi.Qayd etilişiça, tadbirkor 52 yoşli Oydin Çovuşöğli öziga tegişli yonilği quyiş şoxobçasidagi ofisida öq bilan yaralangan holda topilgan. Şifoxonaga olib borilgan Çovuşöğli operatsiyadan söng jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.
Naşrning yozişiça, voqea sodir bölgan kuni xorijda bölgan Mavlud Çovuşöğli xabarni eşitişi bilanoq Antaliyaga qaytiş uçun yölga çiqqan. Antaliya viloyati hokimi Hulusi Şahin ham şifoxonaga borib, Oydin Çovuşöğlidan xabar olgan.