Kolumbiya Prezidentiga suiqasd uyuştirildi
11-02-2026, 11:31
270 марта

Kolumbiya Prezidentiga suiqasd uyuştirildi
Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro unga qarşi suiqasd uyuştiriş rejasi foş etilganini malum qildi. Bu haqda “El Tiempo” naşri xabar bergan.Prezidentga köra, davlat rahbari Kordova departamentiga vertolyotda uçib borayotgan vaqtida ehtimoliy hujum xavfidan qoçib qutulgan.
Prezidentning aytişiça, hujum uning vertolyoti Karib dengizi sohiliga qönişi rejalaştirilgan paytda amalga oşirilişi mumkin edi.
“Tan olişim kerak, öşa paytda suiqasddan qoçib yurgandim, şuning uçun vaqtida yetib bora olmadim. Belgilangan joyga qöna olmadik. Hatto qöniş çiroqlarini ham yoqişmadi”, degan u.Fevral oyi boşlarida Kolumbiya va AQŞ Prezidentlari – Gustavo Petro va Donald Tramp Oq uydagi uçraşuvdan söng munosabatlar yumşagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Oval kabinetdan çiqqanidan bir neça soat ötib bergan intervyusida Kolumbiya rahbari uçraşuvni 10 balldan 9 ballga baholagan