“AQŞning Venesuelaga bosimi ortida neftga bölgan manfaat yotibdi” — Kolumbiya prezidenti
26-11-2025, 20:29
123 марта

“AQŞning Venesuelaga bosimi ortida neftga bölgan manfaat yotibdi” — Kolumbiya prezidenti
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro AQŞning Venesuelaga qilayotgan bosimi ortida narkokartellarga qarşi kuraşiş emas, balki neftga bölgan manfaat yotganini aytdi. Bu haqda u CNN’ga bergan intervyusida malum qildi.Mazkur bayonot AQŞning Karib dengizi va Tinç okeanidagi harbiy faolligi kuçaygan bir paytda yangramoqda.
Neft — bosimning asosiy sababi
“Neft masalaning markazida turibdi. Venesuela dunyodagi eng yirik neft zaxiralariga ega. Demak, bu neft böyiça muzokara. Menimça, Trampning mantiği şunda. U Venesuelaning demokratlaşuvi haqida öylayotgani yöq. Giyohvand moddalar savdosi haqida-ku umuman gap bölişi mumkin emas”, degan Petro CNN telekanaliga bergan eksklyuziv intervyusida.Petroning sözlariga köra, Venesuela yirik giyohvand moddalar işlab çiqaruvçi davlat hisoblanmaydi, global narkotik savdosining faqat nisbatan kiçik qismi uşbu mamlakat orqali ötadi. BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi (UNODC) malumotlariga köra ham, Venesuela kokain işlab çiqaruvçi mamlakat emas. Jahon miqyosida işlab çiqarilayotgan 3 700 tonna kokaining 2 500 tonnadan ortiği Kolumbiyadan keladi, Venesuela esa işlab çiqariş xaritalarida körsatilmagan.