BMT AQŞning Karib dengizidagi kemalarga hujumlarini qoraladi
1-11-2025, 15:09
91 марта

BMT AQŞning Karib dengizidagi kemalarga hujumlarini qoraladi
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti AQŞning Karib dengizi va Tinç okeanida giyohvand moddalar savdosi bilan şuğullanayotgan deb taxmin qilinayotgan kemalarga qarşi amalga oşirgan havo hujumlarini inson huquqlari böyiça xalqaro huquqni buziş deb hisoblab, ularni töxtatişga çaqirdi. Bu haqda BMTning Inson huquqlari böyiça Oliy komissari Folker Tyurk ABC News naşriga bergan bayonotida malum qildi.Tyurkning sözlariga köra, bu hujumlar xalqaro huquq normalariga zid bölib, ularning oqibatlarini tekşiriş uçun mustaqil suriştiruv ötkazilişi kerak.
“Inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquqqa muvofiq, ölimga olib keluvçi kuçni qöllaş faqat hayotga bevosita tahdid solayotgan şaxslarga nisbatan sönggi çora sifatida qöllanişi mumkin”, deydi u.