Gulnora Karimova oşxonada sud qilinganmidi?
9-07-2025, 16:08
773 марта
Gulnora Karimova oşxonada sud qilinganmidi? Gulnora Karimovaga nisbatan barça jinoiy işlar qonunçilik normalariga qatiy rioya qilgan holda körib çiqilgan. Bu haqda Inson huquqlari böyiça Özbekiston milliy markazi tomonidan elon qilingan hukumat bayonotida malum qilindi.
Bayonotda BMT Inson huquqlari kengaşining Özboşimçalik bilan hibsga olişlar böyiça işçi guruhi tomonidan Gulnora Karimovaning jinoiy javobgarlikka tortilişi yuzasidan qabul qilingan 17/2025-sonli mulohazasiga javoban bir qator malumotlar keltirildi.
Unga köra, Gulnora Karimovaga nisbatan barça jinoiy işlar jinoyat va jinoyat-protsessual qonunçilik normalariga qatiy rioya qilgan holda, şuningdek, mamlakatning xalqaro majburiyatlarini, jumladan Fuqarolik va siyosiy huquqlar töğrisidagi xalqaro pakt qoidalarini inobatga olgan holda qözğatilgan hamda körib çiqilgan.
Himoyaga bölgan huquq va odil sudlov huquqi jinoyat protsessining barça bosqiçlarida taminlangan. Karimova mustaqil ravişda tanlangan yoki belgilangan tartibda tayinlangan himoyaçilarga murojaat qiliş huquqiga ega bölgan. Jinoyat işiga oid materiallar bilan tanişiş, qarorlar ustidan şikoyat qiliş hamda himoyaçi bilan muloqotning maxfiyligi tamoyiliga rioya qilingan.
Gulnora Karimova işi böyiça sud qarorlari vakolatli sudlar tomonidan oğir va öta oğir jinoyatlar, jumladan soliqlarni tölaşdan böyin tovlaş, jinoiy daromadlarni legallaştiriş, davlat mulkini ğayriqonuniy özlaştiriş, firibgarlik va davlatga juda katta miqdorda zarar yetkazgan boşqa jinoyatlar sodir etilganligini tasdiqlovçi yetarli dalillar asosida çiqarilgan.
“Uning 2014-yilda göyoki özboşimçalik bilan hibsga olingani, uzoq muddat uy qamoğila saqlangani, oşxonadagi sud va boşqa şu kabi davolar asossizdir.Barça protsessual harakatlar va sud muhokamalari protsessual qonunçilik normalari va talablariga töliq muvofiq holda ötkazilgan”, deyiladi bayonotda.
Qayd etilişiça, hozirgi vaqtda mahkuma sud qarorlari ustidan qonunda belgilangan tartibda şikoyat qiliş huquqiga ega.
Özbekiston hukumati mazkur iş böyiça siyosiy sabablar mavjudligi töğrisidagi davolarni qatiyan rad etdi. Bildirilişiça, huquqni muhofaza qiluvçi va sud organlarining barça harakatlari faqat sudlanuvçining jinoiy harakatlarni sodir etişdagi aybini töliq tasdiqlovçi huquqiy va daliliy jihatlarga asoslangan bölib, uning qonuniy iqtisodiy faoliyati va/yoki siyosiy mavqei yoki qaraşlariga daxl qilmagan.
2022-yilda Şveysariya Konfederatsiyasi bilan Özbekiston hukumati örtasidagi bitim doirasida Karimova ilgari jinoiy yöl bilan orttirgan va qaytarilgan moliyaviy mablağlardan Özbekiston hukumatining islohotlar dasturini qöllab-quvvatlaş va BMTning Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş uçun foydalaniş maqsadida Vision 2030 jamğarmasi taşkil etilgan. Jamğarma boşqaruvi BMTning Köp tomonlama şeriklik trast jamğarmasi orqali amalga oşirilmoqda.
Bayonotda takidlanişiça, Özbekiston inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini vijdonan bajarib kelmoqda va BMT mexanizmlari, jumladan maxsus tartib-taomillari bilan konstruktiv muloqotni qöllab-quvvatlaşga tayyor.