Gulnora Karimovaning hibsga olinişi noqonuniy bölganmidi?
5-07-2025, 20:19
1 211 марта

Gulnora Karimovaning hibsga olinişi noqonuniy bölganmidi?
BMTning Inson huquqlari kengaşi Özbekistonning Birinçi Prezidenti marhum Islom Karimovning tönğiç qizi Gulnora Karimova 2014 yilda heç qanday ordersiz va tuşuntirişlarsiz, özboşimçalik bilan hibsga olingan deb hisoblamoqda. Bu haqda kengaş çiqargan xulosaga tayanib “Bloomberg” xabar berdi.Naşrning yozişiça, BMT nomidan gapirmaydigan mustaqil ekspertlar Özbekiston hukumatini qonunbuzarliklarni zudlik bilan bartaraf etişga va xalqaro huquq talabiga köra Karimovaga tovon puli tölaşga çaqirmoqda. Ular, şuningdek, uning hibsga olinişi holatlari mustaqil tergov qilinişini talab qilmoqda.
“Aybdorlar jazolanişi kerak”, deydi ekspertlar.
BMT Işçi guruhiga şikoyat Karimovaning Jenevada joylaşgan advokatlari tomonidan 2021 yilda berilgan. Ular öz mijozlari huquqlarining “tizimli ravişda buzilişi”ni davo qilgan. Ularga köra, Karimova birinçi sudgaça 18 oy uy qamoğida saqlangan va sud jarayonlarining özi ham “soxta bölgan”. Advokatlar, şuningdek, Şveytsariya va Ğarb sud organlarini “adolatsizlikni qonuniylaştirişda” aybladi.
Ayni paytda, Şveytsariyada Karimova yirik miqdordagi pul yuviş böyiça jinoiy işda ayblanuvçi sifatida qolmoqda. Şveytsariya Federal prokuraturasi uning faoliyati va bir qança kompaniyalari vakillarining faoliyatini tekşirmoqda. Iş doirasida 800 million şveytsariya franki muzlatilgan.
Şveytsariya ikki davlat örtasidagi kelişuvga muvofiq, uşbu mablağlarning bir qismini – qariyb 131 million dollarni Özbekistonga qaytarişga rozi böldi. Uzoq davom etgan sud jarayonlaridan söng, 2021 yilda Federal Jinoyat sudi nihoyat Şveytsariya foydasiga yana 293 million frankni musodara qilişga qaror qildi.
“Işçi guruhning xulosasida Karimova va Şveytsariyadagi pul yuvişga oid jinoyat işi bir neça bor tilga olingan. Garçi mazkur xulosa yuridik kuçga ega bölmasa-da, himoyaçilar undan Şveytsariya prokurorlarining ayblovlarini şubha ostiga qöyiş uçun foydalanişlari mumkin”, deb yozadi naşr.