“Ğazoda qon oqmoqda”. 25 davlat Isroil hujumlarini qoraladi
22-07-2025, 14:11
242 марта

“Ğazoda qon oqmoqda”. 25 davlat Isroil hujumlarini qoraladi
Dunyoning 25 davlati Isroilning Ğazoga qarşi uruşini qoralab, uşbu bosqinni zudlik bilan töxtatişga çaqirdi. Bu haqda uşbu davlatlar hamkorlikda qöşma bayonot elon qildi.Buyuk Britaniya, Frantsiya, Kanada va Yevropa Ittifoqining tenglik, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik va inqirozlarni boşqariş böyiça komissari Xadiça Labib iştirokida 25 davlat Ğazo sektoridagi holat böyiça qöşma bayonot elon qilgan. Unda Ğazoda davom etayotgan uruş töxtatilişi şartligi va bu hududda tinç aholi azoblari “misli körilmagan darajaga yetgani” takidlanadi.
“Isroil hukumati tomonidan tanlangan yordam yetkaziş modeli xavfli, beqarorlikni kuçaytiradi. Biz yordamning tomçilab yetkazilişini va oddiy ehtiyojlarini suv va ovqat bilan qondiriş uçun çiqayotgan bolalar hamda tinç aholi öldirilişini keskin qoralaymiz. Yordam izlayotgan 800 dan ortiq falastinlikning öldirilgani dahşatli. U yerda qon oqyapti”, deyiladi bayonotda.