Isroil Ğazoda 60 kunlik otaşkesimga rozi böldi – Tramp
2-07-2025, 14:05
110 марта

Isroil Ğazoda 60 kunlik otaşkesimga rozi böldi – Tramp
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Qöşma Ştatlar vakillari Isroil bilan Ğazo sektorida 60 kunlik öt oçişni töxtatiş böyiça şartlarni kelişib olganini malum qildi. Bu haqda u özining Truth Social tarmoğidagi sahifasida yozdi.“Isroil 60 kunlik öt oçişni töxtatiş uçun zarur bölgan şartlarga rozi böldi. Şu vaqt içida biz barça tomonlar bilan uruşni tugatiş yölida işlaymiz. Qatarliklar va misrliklar – tinçlik örnatiş yölida juda köp harakat qilgan davlatlar bu yakuniy taklifni taqdim etadi”, deb yozdi Tramp.
U, şuningdek, “Yaqin Şarq manfaati yölida” HAMAS uşbu bitimni qabul qilişiga umid bildirgan.
“Negaki, bundan yaxşiroği bölmaydi, faqat yomonlaşadi”, deydi u.Qayd etiş joiz, Ğazoda harbiy harakatlar 2023 yil oktyabrda yana boşlangan edi. 2024 yil yanvarda tomonlar ikki oy davom etgan vaqtinçalik sulhga kelişgan. 18 mart kuni Isroil armiyasi Ğazoga yana zarba bergan. Aprel oyida AQŞ Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff sulhni bazi garovdagilarni ozod qiliş evaziga uzaytirişni taklif qilgan edi. Isroil bu taklifni qabul qilgan, biroq HAMAS rad etgan. Şundan söng Isroil armiyasi Falastinda harbiy amaliyotlarni kengaytirdi.