Isroil va Eron öt oçişni töxtatişga kelişib oldi – Tramp
24-06-2025, 09:10
381 марта

Isroil va Eron öt oçişni töxtatişga kelişib oldi – Tramp
Isroil va Eron örtasidagi mojaro yaqin bir neça soat içida “töliq öt oçişni töxtatiş” rejimida böladi. Bu haqda AQŞ Prezidenti Donald Tramp bugun, 24 iyunga ötar keçasi Truth Social ijtimoiy tarmoğida yozdi.“Isroil va Eron 12 soatga töliq va butkul öt oçişni töxtatişga rozi böldi (taxminan 6 soatdan keyin, Isroil va Eron özlarining hozirgi, yakuniy missiyalarini yakunlaganlarida!), şundan söng uruş tugagan deb hisoblanadi!” deb yozdi Tramp.Uning qayd etişiça, Eron rasman sulhni boşlaydi, 12 soatdan keyin Isroil öt oçişni töxtatadi, 24-soatda esa “dunyo 12 kunlik uruşning rasman yakunlanganini kutib oladi”.
“Bu uruş yillar davomida davom etişi va butun Yaqin Şarqni vayron qilişi mumkin edi, lekin bunday bölmadi va bölmaydi ham! Xudo Isroilni, Xudo Eronni, Yaqin Şarqni, Amerika Qöşma Ştatlarini va dunyoni yorlaqasin!” deya öz postini yakunlagan Tramp.
Biroq Isroil bu haqda rasmiy tasdiq bermadi va Isroil harbiylari 24 iyun kuni tongda Eron tomonidan Isroilga ikki marta raketa otilganini malum qildi. Guvohlar keyinçalik Tel-Aviv va Beer-Şeva yaqinida portlaşlarni eşitgan. Isroil OAV xabariga köra, bir binoga zarba berilgan va Beer-Şevadagi raketa hujumi oqibatida uç kişi halok bölgan.
Eron rasmiylaridan biri avvalroq Tehron otaşkesimga rozi bölganini tasdiqlagan bölsa-da, mamlakat Taşqi işlar vaziri Isroil hujumlarni töxtatmagunça harbiy harakatlar töxtamasligini aytdi.
“Agar Isroil özining noqonuniy tajovuzini seyşanba kuni soat 4:00 gaça töxtatsa, Eron javob bermaslik niyatida. Biz harbiy operatsiyalarimizni töxtatiş töğrisidagi yakuniy qarorni keyinroq qabul qilamiz”, deb yozdi Eron TIV rahbari Abbos Aroqçi bugun tongda.