AQŞ prezidenti Donald Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida Eron va Isroil «töliq va mutlaq» öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişganini yozdi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida Eron va Isroil «töliq va mutlaq» öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişganini yozdi.
Trampning bu bayonoti Eron tomonidan Qatardagi AQŞ harbiylari joylaşgan Al-Udayd aviabazasiga raketa hujumi uyuştirilganidan söng Vaşington vaqti bilan 23 iyun kuni 18:00 da, Özbekiston vaqti bilan esa bugun tongda 03:00 da yangradi.
Tramp postida Isroil va Eron örtasida töliq va mutlaq öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv taxminan 6 soatdan söng kuçga kirişi, ayni paytda har ikki tomon yakuniy harbiy operatsiyalarini tugatayotganini aytgan. Xususan, kelişuvga köra:
- Eron birinçi bölib öt oçişni töxtatişi;
- 12 soatdan söng Isroil ham öt oçişni töxtatişi;
- 24-soatda esa «12 KUNLIK URUŞ»ning rasman yakunlangani butun dunyo tomonidan etirof etiladi.
AQŞ yetakçisi har bir tomon öt oçişni töxtatiş davrida tinç va hurmatli bölişi kerakligini aytdi. Oq uy mansabdoriga köra, uşbu muzokaralarda Qatar amiri Şayx Tamim muhim rol öynagan. OAVga köra, birdaniga çiqqan bu xabar Tramp mamuriyatining ayrim yuqori lavozimli amaldorlarini ham hayratga solgan.
Eron taşqi işlar vaziri Abbos Araqçi Trampning gaplaridan söng bayonot berib, uruşni boşlagan Eron emas, Isroil ekanini eslatdi. U hozirça otaşkesim haqida heç qanday kelişuv bölmagani, lekin Isroil hujumlarni töxtatsa, Eron ham töxtaşini bildirdi.
Tramp bayonotidan uç soat ötib, Isroil yana Eronga hujum boşlagan. Bu esa barça tomonlar kelişuvga rozi bölganmi, degan savollarni keltirib çiqardi.
Xususan, Tehronda kuçli portlaşlar kuzatildi. Isroil harbiylari Tehron markazini — bu yerda şahar hokimiyati, Markaziy bank hamda bazi harbiy-razvedka ştablari atrofidagilarni zudlik bilan evakuatsiya qilişni tavsiya qildi. Tehron aholisi bu hududda kuçli portlaşlar haqida xabar berdi.

New York Times Isroil mudofaa rasmiylariga tayanib, kelişuvini rasman tasdiqlamagani uçun harbiylar Tehron va boşqa şaharlarda önlab nişonlarga zarba berayotgani haqida yozdi.