Sulh uzoqqa çözilmadi. Kats Eronga zarba berişni buyurdi
24-06-2025, 17:07
228 марта

Sulh uzoqqa çözilmadi. Kats Eronga zarba berişni buyurdi
Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kats öz harbiylariga Tehron markazidagi obektlarga kuçli zarbalar berişni topşirdi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.
Vazirga köra, uşbu zarbalar tinçlik bitimi tuzilganiga qaramay, Eronning Isroilga qilingan hujumiga javob sifatida yöllaniladi.“Men Isroil mudofaa armiyasiga Eron tomonidan öt oçişni töxtatiş rejimi buzilganiga javoban Tehron markazidagi nişonlarga kuçli zarbalar berişni buyurdim”, degan yahudiy davlatining Mudofaa vaziri.Naşrning qöşimça qilişiça, öt oçişni töxtatiş rejimi kuçga kirganidan söng, Erondan Isroil tomon ikki ballistik raketa uçirilgan. Xabarlarga köra, ikkala raketa ham tutib qolingan.
Eron davlat teleradiokompaniyasi öt oçişni töxtatiş elon qilingandan keyin Eron hududidan raketa uçirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.