Isroil ğazoliklarga qarşi eng qabih qurolni işga soladi
8-05-2025, 08:58
132 марта
Isroil falastinliklarni Ğazo sektoridan çiqarib yuborişning sönggi vositasi sifatida oçarçilikdan foydalanmoqçi.May oyi boşidan sektorga insonparvarlik yordami yetkazilişi butunlay töxtatildi. Endi esa Isroil amerikalik pudratçilar vositasida Ğazoda oziq-ovqat taqsimlanişi va nazorati böyiça yana bir qabih rejasini amalga oşirmoqçi.
«Hammayoqda çodirlar örnatiladi, tibbiy markaz va maktablar nomiga işlaydi, ularni Isroil armiyasi nazorat qiladi. Isnsonparvarlik yordami eng minimumga tuşiriladi.
Falastinliklar uçun şunçalik oğir şaroit yuzaga keltiriladiki, aksariyati bu yerdan boş olib ketişga majbur böladi», — deb yozdi The National.
Rejaga may oyi oxiridan, yani Donald Trampning Yaqin Şarqqa taşrifidan söng kirişiş möljallangan. Unga köra, Ğazoga har kuni oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mollari ortilgan 60 tagaça yuk maşinasi kiritiladi. Bu sektorga öt oçiş töxtatilişiga qadar kiritilgan kunlik yordam hajmining 10 foizidan ham kamdir.
Isroil falastinliklarga qarşi «kaloriyalarni hisoblaş» siyosatini Ğazo qamal qilingan 2007-2010 yillarda ham qöllagan. Öşanda isroil siyosatçilari har bir ğazolik uçun kuniga 2279 kilokaloriya yetarli degan xulosaga kelişgan: ayollar uçun kunlik norma — 2200–2400 kilokaloriya, erkaklar uçun — 2500–2800 kilokaloriya. Isroil bu meyorlar kunlik taminotni çeklaşda qöllanilmaganini takidlaydi, biroq öşa paytdagi boş vazir Ehud Olmertning quyidagi sözlari hamon köplarning yodida: «Isroil siyosati falastinliklarni oçlikdan öldirişga emas, balki ularni doim oç qoldirişga qaratilgan».