XXI asrdagi biror uruşda bunday holat kuzatilmagan – professor
13-07-2025, 11:45
519 марта

XXI asrdagi biror uruşda bunday holat kuzatilmagan – professor
Isroil tomonidan Ğazo sektorida olib borilayotgan uruşda hudud aholisining 4 foizi halok böldi. London universiteti huzuridagi Hollouey qirollik kolleji professori Maykl Spagat boşçiligida ilmiy tadqiqot olib borgan olimlar guruhi ana şunday xulosa keldi.Tadqiqotda aniqlanişiça, Isroil armiyasi HAMAS harakati hujumiga javoban Ğazo sektoriga bostirib kirgan 2023 yil 7 oktyabrdan 2025 yil yanvar oyiga qadar 80 mingdan ziyod falastinlik öldirilgan. Demak, 2,3 mln aholining har yigirma beşinçisi hayotdan bevaqt köz emgan.
Ölim körsatkiçi Ğazo soğliqni saqlaş vazirligi taqdim etayotgan statistikadan ham köproqni taşkil etmoqda. Falastin tomoni 11 iyul kuni elon qilgan axborotda Ğazo uruşida halok bölgan falastinliklar soni 57823 nafarga yetgani qayd etilgan.
“Ğazo sektorida aholining 4 foizi öldirilgan. XXI asrdagi boşqa biror uruşda bunday holat kuzatilmagan. Kiçik yoşdagi bolalar ölimi juda köp bölib, bu ham misli körilmagan holatdir”, – deydi professor Maykl Spagat.
Olimlar guruhi öz tadqiqotini Yevropa Ittifoqi va boşqa xayriya taşkilotlari homiyligida faoliyat yuritib kelayotgan Falastin siyosat va ijtimoiy tadqiqotlar markazi bilan hamkorlikda olib borgan.
Professor Spagat Ğazo sektorida oçlik va xastalik kölami ortib borayotgani, binobarin, qurbonlar soni ham şiddat bilan ösişidan ogohlantirgan.
Isroil armiyasi Ğazo sektorini sönggi kunlarda bombalaşi oqibatida kamida 110 nafar falastinlik halok bölgan. Jumladan, Isroil va AQŞ taşkil etgan gumanitar kömak tarqatiş maskanlarida oziq-ovqat olgani kelgan 34 kişi öldirilgan.
Xabarlarga köra, insonparvarlik kömagi tarqatiş şoxobçalari “ommaviy qatlgoh”larga aylanmoqda. Avvalroq Associated Press agentligi Ğazo sektoridagi insonparvarlik jamğarmasining amerikalik xodimlari yordam sörab kelgan tinç aholi vakillarini öqqa tutgani haqida yozgandi.
Malumot örnida: ötgan yili Buyuk Britaniyaning “The Lancet” tibbiy jurnali Ğazodagi qurbonlar soni böyiça yanada dahşatli raqamlarni elon qilgandi. Unga köra, 2023 yil oktyabrdan 2024 yil iyulga qadar qirğinbarotda 2,4 million ğazoliklarning 7,9 foizi yoki 186 ming kişi halok bölgan.
Buyuk Britaniyadagi Oxfam xayriya taşkiloti ham Ğazoda XXI asrdagi barça yirik qurolli ziddiyatlardan köproq ölim kuzatilayotganini malum qilgandi.
Unga köra, Isroil harbiylari har kuni Ğazoda örtaça 250 kişini öldirmoqda. Bu XXI asrda Curiya (kunlik 96,5 ta ölim), Sudan (51,6), Iroq (50,8), Ukraina (43,9), Afğoniston (23,8), Yaman (15,8) kabi mamlakatlarda röy bergan uruşlardagi talafotlardan bir neça barobar köpdir.
BMTning falastinlik qoçqinlarga yordam körsatiş agentligi boş komissari Filipp Lazzariniga köra, sönggi olti oy içida Ğazo sektorida dunyoda oxirgi tört yilda kuzatilgan barça mojarolardan köproq bolalar halok bölgan.