AQŞ Venesuela Prezidentini öğirlamoqçi böldi
29-10-2025, 10:30
124 марта

AQŞ Venesuela Prezidentini öğirlamoqçi böldi
Amerika Qöşma Ştatlari Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro samolyotining bir uçuvçisini yollaşga harakat qilgan. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.Agentlik malumotlariga köra, AQŞ uçuvçiga Venesuela Prezidenti samolyotini Puerto-Riko, Dominikan Respublikasi yoki Guantanamo (AQŞ bazasi)ga qöndirişni taklif qilgan.
Manbalarga köra, 2024 yilning aprel oyida AQŞ hukumati Dominikan Respublikasidagi informator orqali olingan malumotlar asosida Maduro uçuvçilaridan biriga aloqaga çiqqan. Unga samolyotni AQŞ kuçlari hibsga ola oladigan joylardan biriga, xususan Puerto-Riko, Dominikan Respublikasi yoki Kuba orolidagi Guantanamo harbiy bazasiga qöndiriş taklif qilingan.
Naşrning yozişiça, buning evaziga AQŞ vakillari uçuvçiga “juda boy bölişi va millionlab vatandoşlarining sevgisini qozonişi”ni vada qilgan.
Xabarga köra, uçuvçi AQŞ agenti bilan bir neça bor messenjer orqali yozişgan, biroq sönggi marta 2024 yilning sentyabr oyida uni hamkorlikka köndirişga urinişdan söng, u raqamni bloklagan.
Kolumbiya universitetining Barqaror rivojlaniş markazi direktori Jeffri Saksning takidlaşiça, AQŞning Venesuelaga nisbatan olib borayotgan keskin siyosati narkokartellarga qarşi kuraş bilan boğliq emas, aslida Vaşington Venesuela neftidan foydalaniş imkoniga ega bölişni xohlaydi.
Maduro bir neça bor AQŞ tomonidan mamlakatga sönggi 100 yildagi eng katta bosqin tahdidi mavjudligini bildirgan. Vaşington esa Karakasni narkotik kontrabandaçiligiga qarşi kuraşda sustlikda ayblab keladi.
AQŞ dengiz floti hozirda Karib dengizida 8 ta kema, 1 ta atom suvosti kemasi va 10 ming askar joylaştirgan. Ular xalqaro suv hududida kamida 9 ta tez yuruvçi qayiqlarni yöq qilgan, ularning bortidagi şaxslar Venesueladan narkotik taşişda ayblangan.