USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp Venesuelaga yettita harbiy kema yubordi – “Axios”

85 марта

Tramp Venesuelaga yettita harbiy kema yubordi – “Axios”

Keça, 29 avgust kuni AQŞ harbiy-dengiz kuçlari yettita kemani “narkotrafikka qarşi kengaytirilgan operatsiya” doirasida Karib havzasining janubiy qismiga – Venesuela yaqiniga yubordi. Bu haqda AQŞ Mudofaa vazirligi vakiliga tayanib, “Axios” xabar berdi.
“Axios” öz manbalariga tayanib, kemalarning soni yettita ekanini yozmoqda. Jumladan, uçta esminets va kamida bitta zarba beruvçi suvosti kemasi bor. “The Waşington Post” naşri malumotlariga köra, flot tarkibiga 8 ta kema – uçta esminets, ikkita desant kemasi, desant vertolyot taşuvçi, kreyser va qirğoqböyi jangovar kemasi kiradi. Kemalarning bir qismi allaqaçon mintaqada joylaşgan, bir qismi esa u yoqqa ketmoqda.
AQŞ dengiz kuçlari kemalar aniq qayerda harakat qilişi haqida aniqlik kiritmagan. “The Waşington Post” manbasining aytişiça, esminetslar “töğridan töğri Venesuela qirğoqlari yonida” joylaşmagan. Ulardan ikkitasi Karib dengizining şarqiy qismida, yana biri esa Tinç okeanida Panama qirğoqlari yaqinida örnaşgan.


Esminetslarda AQŞ Sohil qöriqçilari bölinmalari va huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari joylaştirilgan bölib, ular Lotin Amerikasida narkokartellarni qölga oliş böyiça missiyalar ötkazişda qatnaşadi. “Axios” va “Reuters” malumotlariga köra, kemalarda 4500 nafar harbiy xizmatçi bor, jumladan, 2200 dengiz piyodalari.

“Reuters”ning qayd etişiça, kuçlarning bu darajada töplanişi mintaqadagi odatdagi joylaştirişdan ança yuqori. Venesuela joriy yilning 28 avgust kuni AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining kuçaytirilişiga qarşi BMT Boş kotibi Antoniu Guterrişga şikoyat qilgan va kemalar joylaştirilişini “harbiy aralaşuvni oqlaş uçun keng kölamli tarğibot operatsiyasi” deb atagan.

Malumot uçun, 2024 yilda Venesuelada saylovlar bölib ötdi. Ularning yakuniga köra Milliy saylov kengaşi 2013 yildan beri hokimiyatda bölgan Nikolas Maduroni ğolib deb elon qildi. Venesuela muxolifati esa aksinça, saylovçilarning köpçiligi Edmundo Gonsalesni qöllaganini takidlamoqda. AQŞ saylov natijalarini tan olmadi va Maduroni qonuniy prezident deb hisoblamaydi. Unga va ayrim yuqori martabali venesuelalik amaldorlarga AQŞda pul yuviş va narkotik kontrabandasi böyiça jinoiy işlar oçilgan. Xususan, joriy yilning iyul oyida AQŞ Moliya vazirligi Maduroni Venesuelaning “Cá de los Soles” karteliga rahbarlik qilganlikda aybladi va bu guruhni terrorçilik taşkiloti deb tan oldi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: