AQŞ BMT yiğilişiga borgan Prezidentning vizasini bekor qildi
27-09-2025, 16:18
104 марта

AQŞ BMT yiğilişiga borgan Prezidentning vizasini bekor qildi
AQŞ Davlat departamenti BMT Boş Assambleyasida qatnaşiş uçun Nyu-Yorkka borgan Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petroning vizasini bekor qildi. Bunga uning şaharda ötkazilgan ommaviy çiqişlarida göyoki zöravonlikka davat qilgani sabab bölgan. Bu haqda bugun, 27 sentyabr kuni AQŞ Davlat departamenti matbuot xizmati xabar berdi.“Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro Nyu-York köçalariga çiqib, amerikalik askarlarni buyruqlarga böysunmaslikka va zöravonlikka undaşga çaqirdi. Biz Petroning vizasini uning öylamay qilingan va nizo qözğatuvçi harakatlari munosabati bilan bekor qilamiz”, deyiladi bayonotda.
Qayd etiş joiz, AQŞ va Kolumbiya ittifoqçi davlatlar hisoblanadi, biroq Donald Tramp hokimiyatga kelganidan beri ularning munosabatlari sovuqlaşgan. Hozirda Vaşington Karib havzasida Venesuelaga qarşi möljallangan narkotiklar bilan kuraşiş operatsiyasini olib bormoqda. AQŞ Venesuelani narkokartellarga rahbarlik qilişda ayblaydi.
Joriy yilning 24 sentyabr kuni esa Kolumbiya rahbari AQŞ amaldorlari va Prezidentiga nisbatan Karib havzasida operatsiya sababli jinoiy iş qözğatişga çaqirdi. Bu haqda u BMT Boş Assambleyasining 80-sessiyasi doirasidagi umumiy siyosiy munozarada sözlagan nutqida bayon qildi.