AQŞ talabalar vizasini qayta tikladi, biroq..
20-06-2025, 08:05
157 марта
AQŞ talabalar vizasini qayta tikladi, biroq...AQŞ Davlat departamenti talabalarga viza beriş jarayoni qayta yölga qöyilganini malum qildi. Bu jarayon may oyida töxtatilgan edi. Endi AQŞda öqişni xohlaganlar özlari foydalanadigan ijtimoiy tarmoqlar — post va xabarlarni kuzatiş huquqini taqdim etişi talab qilinadi.
Associated Press agentligi yozişiça, AQŞ konsulliklari xodimlari endi talabgorlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini tekşirib, ularda Amerika qöşma ştatlariga, uning hukumat tizimi, madaniyati, milliy qadriyatlari yoki institutlariga nisbatan tajovuzkor munosabat mavjud yoki yöqligini aniqlaydi.
Agar ariza beruvçi öz akkauntlariga kiriş imkonini bermasa (akkauntli «qulflab» olsa), u holda vizani rad etiş ehtimoli yuqori böladi. Davlat departamenti takidlaşiça, har bir viza bilan boğliq qaror — milliy xavfsizlik masalasidir. Viza olişni istagan har bir kişi AQŞga taşrifi faqat belgilangan maqsadlar uçun ekanini dalillar bilan isbotlaşi talab etiladi.
Davlat departamenti, şuningdek, yaqin kunlarda çet eldagi AQŞ konsulliklari talabalar uçun möljallangan F, M va J turdagi noimmigratsion vizalar böyiça arizalarni qabul qilişni boşlaşini malum qilgan. Talabgorlar vizaga yoziliş uçun tegişli konsullik yoki elçixona sayti orqali malumot olişlari mumkin.
«Amerika vizasi — huquq emas, balki privilegiyadir. Biz viza beriş jarayoni orqali yurtimiz va fuqarolarimizni himoya qilişga intilamiz», — deyiladi rasmiy bayonotda.