Özbekiston Green Card ğoliblari soni böyiça 1-örinni egalladi
13-05-2025, 00:46
524 марта
Green Card-2025’da eng köp yutuqni özbekistonliklar qölga kiritdi. DV-2025 Diversity Visa Program ğoliblari statistikasini davlat kesimida elon qilindi. Qayd etilişiça, taxminan 131,060 nafar arizaçi ğolib bölgan va ularga xabar berilgan bölib, hozirda ular immigratsion viza uçun ariza topşirişlari mumkin.
Röyxatda Özbekiston Osiyoda birinçi örinni qayd etgan (5,564 nafar ğolib), keyingi örinlarda Eron (5,267 nafar ğolib) va Afğoniston (4,009 nafar ğolib) davlatlari örin olgan.
MDH davlatlari içida Qirğiziston va Rossiya ham yuqori natija körsatgan. Ukrainadan 4256 kişi ğolib bölgan.
DV-2025 Diversity Visa Program Amerika Qöşma Ştatlariga kam migratsiya qiluvçi davlatlar fuqarolari uçun 203(c) bölimi asosida ötkaziladi va har yili 55,000 ta doimiy yaşaş vizasini taqdim etadi.