USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Prezident hokkeyçilarimiz va yengil atletikaçilarimizni tabrikladi

229 марта

Prezident hokkeyçilarimiz va yengil atletikaçilarimizni tabrikladi

Özbekistonning hokkey böyiça terma jamoasi birinçi marta jahon çempionatida iştirok etib, öz divizionida ğolib böldi va 3-divizion yöllanmasini qölga kiritdi. Yengil atletikaçilarimiz esa Osiyo çempionatida (U18) ikkinçi örinni egallaşdi. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ularni tabriklab, sportçilarning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov xabar berdi.

Foto: Olympic.uz
Hokkey böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi Armanistonda ötkazilgan jahon çempionatida öz divizionida ğolib bölib, kelgusi mavsumda uçinçi divizionda qatnaşiş huquqini qölga kiritdi. Bundan oldin, mart oyida Tailandda bölib ötgan 18 yoşgaça bölgan hokkeyçilar örtasidagi jahon çempionatida ham terma jamoamiz ğalaba qozongan edi.

Saudiya Arabistonida ötkazilgan 18 yoşgaça bölgan sportçilar örtasidagi yengil atletika böyiça Osiyo çempionatida yurtdoşlarimiz 12 ta — 3 ta oltin, 5 ta kumuş va 4 ta bronza medalini qölga kiritib, öz tarixida birinçi marta umumjamoa hisobida ikkinçi örinni egalladi.

«Bu yutuqlar, eng avvalo, yigit-qizlarimizning tinimsiz mehnati, yuksak mahorati, mustahkam irodasi va matonati tufaylidir. Bunda sport sohasiga qaratilayotgan etibor va tizimli davlat siyosatining ham alohida örni borligini takidlaş joiz. Mamlakatimizda sport infratuzilmasi sezilarli darajada yaxşilandi, yangi maktablar oçilmoqda, sportçilarning professional rivojlanişi uçun şart-şaroitlar yaratilmoqda. Davlat rahbari hokkeyçi va yengil atletikaçilarni yuksak zafarlar bilan tabriklab, ota-onasi, ustoz va murabbiylariga samimiy minnatdorlik izhor etadi», — deyiladi xabarda.



Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: