Garvard universiteti çet ellik talabalarni öqitiş huquqidan mahrum qilindi
23-05-2025, 09:15
186 марта
AQŞ prezidenti Donald Tramp mamuriyati Garvard universitetini xorijlik talabalarga talim beriş huquqidan mahrum qildi. Bu haqda mamlakat içki işlar vaziri Kristi Noyemga tayanib BBC xabar berdi.Vazir Garvard universitetining talabalar almaşinuvi dasturini amalga oşiriş huquqini beruvçi sertifikatini bekor qilişni buyurdi. AQŞda öqişni rejalaştirayotgan çet elliklar F yoki M toifasidagi vizani olişi kerak. Bunday vizani oliş uçun esa, faqat talabalarni va almaşinuv dasturi iştirokçilarini qabul qiliş uçun sertifikatlangan (SEVP) talim muassasalari zarur hujjatlarni taqdim eta oladi.
Bu Garvardning bundan buyon çet ellik talabalarni öqişga qabul qila olmasligini anglatadi. Hozirda Garvardda öqiyotgan xorijliklar boşqa universitetga ötişga majbur böladi, aks holda ular mamlakatda qoliş huquqini yöqotadi.