AQŞ Falastin rahbariyatining qöl-oyoğini ipsiz boğladi
30-08-2025, 19:57
127 марта

AQŞ Falastin rahbariyatining qöl-oyoğini ipsiz boğladi
AQŞ davlat departamenti BMT Boş assambleyasi tadbirlarida qatnaşişi belgilangan Falastin vakillarining vizasini bekor qildi. Bu Falastin prezidenti Mahmud Abbos hamda 80 ga yaqin falastinlik rasmiylarning joriy yil sentyabr oyida Nyu-York şahrida ötadigan BMT tadbirlarida qatnaşiş imkonidan mahrum etilganidan dalolat beradi.Davlat kotibi Marko Rubio Falastin tomonini «tinçlik yölidagi urinişlarni yöqqa çiqariş» va «nazariy jihatdan mavjud bölgan Falastin davlatini bir tomonlama tan oliş»ga urinişda ayblagan.
Davlat departamenti Falastin rasmiylari vizasi bekor qilinişini «terrorizmni rağbatlantirmaslik» maqsadi bilan ham asoslagan.
Falastin tomoni AQŞning uşbu qarorini 1947 yilda qabul qilingan BMT ştab-kvartirasi haqidagi bitimga zid deya qoralagan.
Falastin taşqi işlar vazirining maslahatçisi Ahmad al-Dik BMT boş kotibi Antoniu Guterriş va azo davlatlarni uşbu holatga etibor qaratişga çaqirgan.
Jahon matbuotining yozişiça, AQŞ BMT boş qarorgohi joylaşgan davlat sifatida xalqaro taşkilot anjumanlarida davlatlarning tösiqsiz qatnaşişiga imkon yaratişi kerak. Vaşingtonning Falastinga nisbatan qarori ayni şu jihatga köra tanqid qilinmoqda.
BMT Boş assambleyasining sentyabr oyida ötadigan yiğinida Frantsiya, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya Falastin davlatini tan olişi kutilmoqda.
Bu jihatdan, AQŞ davlat departamentining bahsli qarori Falastin davlatini tan olişga qarşi harakat ham deb baholanmoqda.
Prezident Donald Tramp mamuriyati viza çekloviga parallel ravişda Ğazo sektoridan yarador bolalarni qabul qiliş dasturini ham töxtatgan.
AQŞ 2023 yil 7 oktyabrdan buyon Ğazo sektorida davom etayotgan va ön minglab falastinlik ölimiga sabab bölgan uruşda Isroilni heç qanday şartlarsiz moddiy, harbiy va diplomatik tarzda qöllab-quvvatlab kelmoqda.