USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

"Bu öta xavfli qadam!” – BMT boş kotibi ogohlantirmoqda

645 марта

"Bu öta xavfli qadam!” – BMT boş kotibi ogohlantirmoqda

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Isroil mamuriyati maqullagan işğol ostidagi Falastin hududi – Ğarbiy Sohilda yahudiylar uçun 3400 dan ziyod uy barpo etiş rejasini keskin qoralab bayonot berdi.
“Bosib olingan Ğarbiy Sohil, şuningdek, Şarqiy Quddusda yahudiy manzilgohlarini quriş xalqaro huquqqa hamda BMTning rezolyutsiyalariga ziddir. Uşbu loyihaning amalga oşirilişi ikki davlat printsipiga öta xatarli tahdid tuğdiradi”, – deydi BMT boş kotibi.


Isroilning yahudiy kelgindilari uçun Falastin yerlarida minglab turarjoy quriş rejasini öta xavfli qadam deb baholagan BMT yetakçisi Tel-Aviv mamuriyatini bu harakatdan voz keçişga çaqirgan.
Antoniu Guterriş yana bir karra Isroilga BMT rezolyutsiyalari hamda xalqaro huquq talablariga rioya etiş lozimligini eslatgan.

Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Kanada kabi Ğarbning yetakçi davlatlari, şuningdek, Yevropa Ittifoqi – jami 22 davlat taşqi işlar vaziri ham Isroilning “E1” deb atalayotgan uşbu loyihasini qoralab bayonot berdi.
Ğarb davlatlari ham Isroilning uşbu rejasini xalqaro huquqqa zid harakat deb baholagan va zudlik bilan undan voz keçişga undagan.

Avval xabar berganimizdek, ötgan hafta Isroil moliya vaziri Betsalel Smotriç Ğarbiy Sohilda yahudiylar uçun 3400 dan ziyod uy barpo etiş rejasini maqulladi. E1 deb atalgan uşbu loyiha xalqaro hamjamiyat etirozi ortidan töxtatib qöyilgan edi.

Maale-Adumim hududi va Quddus örtasida yahudiy kelgindilari uçun uylar qurilişi Ğarbiy Sohilni xuddi pona kabi Şarqiy Quddusdan butunlay ajratib qöyadi.

Isroil moliya vaziri Betsalel Smotriç Ğarbiy Sohilda minglab yahudiy uylari qurilişi bilan “Falastin davlati tuziş ğoyasining janozasi öqilişi”ni takidlagan.

“Euronews” xabariga köra, xalqaro hamjamiyatning keskin etirozlariga qaramay, Isroil mamuriyati 20 avgust, çorşanba kuni uşbu bahsli loyihani uzil-kesil tasdiqladi.
Falastinliklarga nisbatan radikal munosabati bilan otning qaşqasidek tanilgan Smotriç qurilayotgan har bir yahudiy uyi “Falastin davlati tobutiga qoqilgan mix” ekanini aytgan.
Isroil 1967 yilda bosib olingan Falastin hududlari – Ğarbiy Sohil va Şarqiy Quddusda köp yillardan buyon noqonuniy yahudiy uylarini qurib keladi.

Isroildagi Peace Now inson huquqlar taşkiloti Netanyahu hukumatining noqonuniy turarjoylar quriş harakatini qoralar ekan, bu orqali Ğarbiy Sohilni butunlay işğol etiş közlanganidan ogohlantirgan. Netanyahuning özi bir neça yildan buyon anneksiya rejasini oçiq muhokama qilib keladi.

BMT köp yillardan buyon Tel-Avivning okkupatsiya siyosatini qoralab keladi. Xususan, BMTning yuqori sud organi hisoblangan Xalqaro sud 2024 yil iyul oyida Isroil Falastin yerlaridan barça isroilliklarni olib çiqişi va noqonuniy uylarni qurişni töxtatişi lozimligi haqida qaror çiqargan.

Tahlilçilarga köra, Isroil mamuriyati mustaqil Falastin davlati tuziş ğoyasiga tiş-tirnoği bilan qarşi çiqmoqda.

Avval xabar berganimizdek, 2024 yil 18 iyul kuni Isroil parlamentida köpçilik ovoz bilan Falastin davlati taşkil etilişini rad etuvçi qaror qabul qilindi. Knesset qaroriga xalqaro taşkilotlar yetakçilari, jumladan, BMT boş kotibi Antoniu Guterriş etiroz bildirdi. Boş kotib takidiça, 1967 yilgi çegaralarda, poytaxtlari Quddus bölgan mustaqil, suveren va demokratik ikki davlat mavjudligi mintaqada barqarorlik örnatişning yagona oqilona yöli sanaladi.

Malumot örnida: Isroil parlamenti joriy yil 23 iyul kuni Ğarbiy Sohilni öz hududiga qöşib oliş haqida qaror qabul qilgandi. Bu qaror ham xalqaro hamjamiyat tomonidan keskin qoralangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: