Neçta davlat Ukrainaga qöşin kiritişga tayyor?
20-08-2025, 15:38
207 марта

Neçta davlat Ukrainaga qöşin kiritişga tayyor?
Ukraina böyiça tinçlik kelişuvi doirasida Yevropa davlatlari öz qöşinlarini yuborişga tayyorligini bildirmoqda. Malumotlarga köra, Britaniya va Frantsiya qöşin yuboriş rejasini muhokama qilgan va qariyb 10 ta mamlakat Ukraina hududiga qöşin kiritişga rozilik bildirgan. Bu haqda öz manbalariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.
Manbaga köra, Kreml NATO qöşinlarining Ukrainada joylaştirilişi ehtimolini qatiyan rad etgan va Kiyevdan şarqiy hududlarning katta qismini nazoratga topşirişni talab qilmoqda. Yaqin kunlarda Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari paketi işlab çiqilişi kutilmoqda. Italiya Boş vaziri Jorjiya Meloni ham NATOga öxşaş, biroq töliq azolikni nazarda tutmaydigan xavfsizlik kafolatlarini taklif qilgan.
Naşrning yozişiça, Yevropa yetakçilari uşbu rejaga AQŞ Prezidenti Donald Trampning qöllovini olgan. Tramp yaqinda Zelenskiy va Yevropa rahbarlari bilan Vaşingtondagi uçraşuvdan söng Putin va Zelenskiy uçraşuviga tayyorgarlik boşlaganini malum qilgan. Uning sözlariga köra, Rossiya va Ukraina Prezidentlari muzokarasidan keyin uç tomonlama formatda ham uçraşuv ötkazilişi mumkin.
AQŞ Prezidenti bu jarayonni: “Tört yildan beri davom etayotgan uruşdagi juda yaxşi birinçi qadam”, deb atagan. Uning takidlaşiça, vitse-prezident Jeyms Devid Vens, Davlat kotibi Marko Rubio va maxsus elçi Stiv Uitkoff Rossiya va Ukraina bilan hamkorlikda muvofiqlaşuv işlarini olib bormoqda. Qaysi mamlakatda uçraşuv ötkazilişi hozirça nomalum. OAV xabariga köra, AQŞ va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uni Yevropada ötkazişga kelişib olgan.