USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Alyaskadan keyin Trampning pozitsiyasi qanday özgardi?

478 марта
Alyaskadan keyin Trampning pozitsiyasi qanday özgardi?

Foto: Getty Images
Donald Trampning Ukrainadagi uruş qanday tugaşi kerakligi haqidagi qaraşlari Alyaskada Rossiya rahbari bilan uçraşuvdan keyin özgardi, deb yozadi Ğarbning yetakçi naşrlari öz manbalariga tayanib.

Agar bu manbalarga işonilsa, bu Ukraina uçun ham yaxşi, ham yomon yangilik degani. BBC bu boradagi sönggi xabarlarni bir joyga jamladi.
Öt oçişni töxtatiş örniga tinçlik şartnomasi
Öz pozitsiyasidagi birinçi özgariş haqida Trampning özi malum qildi: Vladimir Putin bilan uçraşuvdan söng u tezkor sulh emas, balki tinçlik şartnomasi böyiça kelişib oliş kerak, degan qarorga keldi. Juma kuniyoq Tramp Alyaskaga yöl olarkan, birinçi navbatda öt oçişni töxtatişga erişişga umid qilgandi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy öt oçişni töxtatişga çaqirmoqda va uni Yevropa davlatlari qöllab-quvvatlamoqda.
Ammo frontdagi vaziyat Putinning foydasiga hal bölmoqda va u sulh tuzişni istamayapti – va buning örniga öz şartlari asosida tinçlik şartnomasini talab qilmoqda. Ekspertlar taxminiga köra, Putin Trampni öz pozitsiyasiga işontirgan bölişi mumkin – yoki Tramp şunçaki Kreml körib çiqişdan boş tortgan stsenariyni talab qilişni maqsadga muvofiq emas deb hisoblagan.

Bu pozitsiyaning özgarişi Kiyev va uning yevropalik ittifoqçilarining hafsalasini pir qilgan bölişi kerak, deb yozadi BBC diplomatik muxbiri Pol Adams. Putin esa Amerikaning yangi sanktsiyalaridan qutulib qoldi va uruşni davom ettiriş uçun vaqtdan yutdi.
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili örinbosari Dmitriy Polyanskiy BBC Jahon xizmatining Newşour radioeşittirişi efirida ikki prezident nimalarni muhokama qilgani haqida çiqqan maqolalar şunçaki taxminlar ekanini aytdi.

Şu bilan birga, Zelenskiy duşanba kuni Vaşingtonga taşrifi çoğida Trampning pozitsiyasi nega bunçalik özgarganiga izoh olişga harakat qiladi, deb yozadi New York Times.

Ukraina uçun xavfsizlik kafolati
Ukraina uçun yaxşi yangilik şundaki, Tramp unga AQŞ + Yevropa Ittifoqi formatida, ammo NATO iştirokisiz xavfsizlik kafolatlarini taqdim etişga tayyor – bu haqda Wall Street Journal öz manbalariga tayanib yozmoqda. Putinning Alyaskada Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari zarurligi masalasida Tramp bilan kelişib olgani haqidagi sözlari, şuningdek, Amerika prezidentining uçraşuvdan keyin Fox News telekanaliga bergan intervyusidagi qisqa izohi buning bilvosita tasdiğidir.

Avvalroq Tramp Amerikaning xavfsizlik kafolatlariga qarşi bölgan va ularni Ukraina bilan nodir metallar böyiça kelişuv bilan almaştiriş mumkin deb hisoblagan. Agar Ukraina şarqida Amerika kompaniyalari işlaydigan bölsa, bu Rossiya yana hujum qilmasligi uçun yetarli, deb tuşuntiradi Oq uydagilar. Ammo Alyaskadagi uçraşuv arafasida Zelenskiy yana bir bor AQŞ tomonidan işonçli xavfsizlik kafolatlari bölgan taqdirdagina hududiy yon berişlarni muhokama qilişga tayyorligini bildirdi va bu borada uni yevropalik ittifoqçilar qöllab-quvvatladi.
Putin bilan uçraşuvdan söng AQŞ prezidenti Zelenskiy va Yevropa yetakçilariga qönğiroq qilib, Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etişda iştirok etişga tayyorligini malum qildi, deb yozadi Bloomberg agentligi öz manbalariga tayanib.

«Bizning aniq pozitsiyamiz: Ukraina öz suvereniteti va hududiy yaxlitligini samarali himoya qiliş uçun metin xavfsizlik kafolatlarini olişi kerak. Biz prezident Trampning AQŞ öz xavfsizlik kafolatlarini taqdim etişga tayyorligi haqidagi bayonotini olqişlaymiz», – deyiladi Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Polşa, Finlandiya yetakçilari hamda Yevropa kengaşi va Yevrokomissiya rahbarlarining qöşma bayonotida.
Biroq, Axios naşrining Oq uyga yaqin bölgan manbalari qarama-qarşi manzarani körsatadi. Ularning takidlaşiça, Tramp va Putin Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilgan bölsa-da, ular heç narsa haqida kelişib olmagan, Putin esa salohiyatli kafolat sifatida Ğarb davlatlarini emas, Xitoyni tilga olgan.
Donbass topşirilişi va front çiziği muzlatilişi
Zelenskiy va yevropaliklar bilan bölgan öşa qönğiroq çoğida Tramp Rossiya Federatsiyasi Kiyevdan qisman bosib olingan Donetsk oblastini töliğiça topşirişini kutayotganini aytdi, deb yozadi Bloomberg. Şu bilan birga, Putin Zaporijjya va Xerson oblastlariga nisbatan xuddi şunday talabdan voz keçişga va buning örniga front çiziğini hozirgi holatida muzlatişga tayyor, deydi naşr suhbatdoşlari.
Keyinçalik Financial Times gazetasi ham xuddi şu haqda yozdi – gazetaning törtta manbasiga köra, Alyaskadagi muzokaralarda Rossiya prezidenti uruşni tugatiş şarti sifatida Ukraina qurolli kuçlarining Donetsk oblastidan töliq çiqib ketişini talab qilgan. Buning evaziga Putin Xerson va Zaporijjya oblastlaridagi front çiziğini muzlatişga va köproq hududni egallaşga urinmaslikka rozi, deb yozadi FT. Şu bilan birga, Putin özining asosiy talablarini olib taşlamayapti, ular mojaroning asosiy sabablari deb atagan narsani – Ukrainada uning irodasini bajaradigan rejim yöqligi va mamlakatning Yevropa Ittifoqi va NATOga qöşilişga intilişini bartaraf etişga qaratilgan.

Putinning Donetsk oblastining butun hududini, şuningdek, şundoq ham deyarli töliq bosib olingan Luhansk oblastini tark etiş talabi haqida keyinroq Reuters manbasi ham malum qildi.

Bu hafta Zelenskiy Donetsk oblastidagi hududlarni topşirişni yana istisno qildi va Ukraina Donbassdan çiqmasligini aytdi. Ammo u hududlar masalasini Ukraina Konstitutsiyasi ruxsat bergan doirada muhokama qilişga tayyorligini bildirgan. NATO boş kotibi nazariy stsenariyni tasvirlab berdi, unda Kiyev amalda öz hududlarini vaqtinça yöqotişni qabul qiladi, ammo qonuniy ravişda ularni bosib olingan deb hisoblaşda davom etadi.
Tramp Yevropa yetakçilariga agar Zelenskiy Donbassning okkupatsiya qilinmagan qismlarini topşirişga rozi bölsa, tinçlik şartnomasini tezda tuziş mumkin deb hisoblaşini aytdi, deb yozadi New York Times Yevropaning yuqori martabali mulozimlariga tayanib. Ularning sözlariga köra, buning evaziga Putin kelgusida hujum qilmaslik haqida yozma kafolat berişga tayyor.

Putinning Alyaskada elon qilgan boşqa şartlari orasida Ukrainada rus tiliga rasmiy til maqomini beriş ham bor, deb yozadi CBS

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: