Alyaska sammitidan söng Yevropa Rossiyaga yangi sanktsiyalar qöymoqçi
16-08-2025, 18:30
259 марта

Alyaska sammitidan söng Yevropa Rossiyaga yangi sanktsiyalar qöymoqçi
Yevropa Ittifoqi (EI) davlat rahbarlari Alyaskada Rossiya va AQŞ Prezidentlari – Vladimir Putin va Donald Tramp ötkazgan sammit yakunlariga oid bayonot elon qildi.YeI yetakçilari Putin va Trampning uçraşuvidan keyin Rossiyaga nisbatan yangi sanktsiyalar joriy etişga tayyor ekanini bildirgan. Ular Kiyevga qurol yetkazib beriş yoki Ukrainani YeI va NATOga integratsiyalaşdan voz keçiş böyiça çeklovlarni rad etmoqda. Bu Yevropa mamlakatlari rahbarlarining AQŞ Prezidenti Donald Tramp va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralari natijasida elon qilingan birgalikdagi bayonotda qayd etilgan. Bayonot elon qilinişidan oldin YeI elçilari tezkor uçraşuv ötkazgan.
Bayonotda Yevropa mamlakatlari Donald Trampning mojaroni töxtatişga qaratilgan harakatlarini olqişlayotgani takidlangan. Şu bilan birga, Yevropa yetakçilari Ukrainaga “pölat kabi mustahkam xavfsizlik kafolatlari” berilişi kerakligini takidlaydi.
“Adolatli va barqaror tinçlik örnatilmagunça sanktsiyalarni kuçaytirişni davom ettiramiz”, deyiladi bayonotda.Şuningdek, unda Ukraina öz hududlariga oid qarorlarni mustaqil qabul qiliş huquqi berilişi kerakligi, xalqaro tan olingan çegaralar kuç işlatiş yöli bilan özgartirilmasligi qayd etilgan.
“Ukrainadagi qon tökilişi davom etayotgan paytda, Rossiyaga bosimni saqlaşga tayyormiz. Sanktsiyalar va kengroq iqtisodiy çoralarni kuçaytirib, Rossiyaning uruş iqtisodiyotiga bosim örnatişni davom ettiramiz, şunda adolatli va barqaror tinçlik örnatiladi. Ukraina bizning sobit va qatiy birdamligimizga tayanişi mumkin, çunki biz tinçlikni yaratişga harakat qilamiz”, deya qöşimça qilinadi bayonot matnida.