«Putin aldamoqda va tinçlik istamayapti». Zelenskiy va Yevropa yetakçilari Alyaskadagi uçraşuv oldidan Tramp bilan onlayn sammit ötkazdi
14-08-2025, 13:43
88 марта


Juma kuni Tramp Alyaskaning eng yirik şahri – 300 mingga yaqin aholiga ega Ankorijda Putinni qabul qiladi.
AQŞ prezidenti bu uning Ukrainadagi uruşni töxtatiş borasidagi say-harakatlari doirasida «sinov» uçraşuvi bölişini takidlagan. Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt bölajak sammitni «tinglaş qobiliyati maşqi» deb atagan.
Yevropadagilar uşbu uçraşuda AQŞ va Rossiya rahbarlari jiddiy oqibatlarga olib keladigan qarorlar qabul qilişi va hatto Ukrainaga bosim ötkazib, uni noqulay şartlarga rozi bölişga majbur qilişidan xavotirda.
Reuters agentligi qayd etişiça, 13 avgust kuni bölib ötgan onlayn uçraşuvdan maqsad AQŞ prezidentini Kiyev manfaatlari evaziga sulh tuziş qançalik tavakkalçilik bölişi haqida ogohlantiriş edi.
Yevropa yetakçilari Trampning jahlini çiqarmaslikka harakat qilib, uning tinçlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşlarini bir neça bor takidladi, şu bilan birga, Ukraina kelajagiga oid har qanday kelişuvlar faqat uning iştirokida muhokama qilinişi va tuzilişi kerakligini qayd etişdi.
Prezident Zelenskiy çorşanba kuni onlayn sammitda iştirok etiş uçun şaxsan Berlinga uçib keldi.
Sammitda Zelenskiydan taşqari Germaniya, Finlandiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Polşa va Yevroittifoq yetakçilari, şuningdek, NATO boş kotibi Mark Ryutte iştirok etdi.
Özaro videokonferentsiyadan söng, Yevropa yetakçilari va Zelenskiy Donald Tramp va AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vens bilan alohida onlayn uçraşuv ötkazdi. Şundan söng Ukrainani qöllab-quvvatlaş rejalarini işlab çiqayotgan mamlakatlar guruhi – «köngillilar koalitsiyasi»ning onlayn yiğilişi bölib ötdi.

Onlayn-sammit qanday ötdi?
Yevropaliklar Tramp bilan suhbatga ijobiy munosabat bildirişdi.
«Ukrainada tinçlik örnatilişiga umid bor», – dedi sammit yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida Fridrix Merts.
«Töp endi Putin tomonida», – dedi NATO boş kotibi Mark Ryutte. U Yevropa va AQŞ Ukrainadagi uruşni tugatiş istagida birlaşganini takidladi.
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Tramp bilan suhbatni «juda yaxşi» deb atadi. «Bugun Yevropa, AQŞ va NATO Ukraina böyiça umumiy pozitsiyani mustahkamladi», – dedi u.
Emmanuel Makron
Tramp bilan muloqot uning niyatlarini oydinlaştirişga, biz esa öz kutilmalarimizni bildirişga yordam berdi. AQŞning Alyaskada Rossiya bilan uçraşuvdan maqsadi – öt oçişni töxtatişga erişiş. Biz Ukrainaga taalluqli hamma narsa Ukraina bilan muhokama qilinişini istaymiz. Ukraina bilan boğliq barça hududiy masalalar faqat Zelenskiy bilan muhokama qilinişi kerak. Tramp buni aniq aytdi. Bugungi kunda kun tartibida hududlarni ayirboşlaş böyiça jiddiy rejalar yöq.Fridrix Merts
Alyaskada muhim qarorlar qabul qilinişi mumkin. Töğri yönaliş beriş uçun qölimizdan kelganini qilyapmiz. Biz juma kuni Tramp muvaffaqiyatga erişişini istaymiz. AQŞ rahbari bilan suhbatda biz quyidagi bandlarni belgilab oldik: keyingi uçraşuvlarda Ukraina muzokaralar stolida ötirişi kerak, ammo birinçi qadam öt oçişni töxtatiş bölişi kerak; Ukraina hududiy masalalar böyiça muzokaralarga tayyor, biroq Rossiya okkupatsiyasini qonuniy tan oliş muhokama qilinmayapti, muzokaralar Kiyev uçun xavfsizlik kafolatlarini öz içiga olişi kerak. Biz hozirgi vaziyat böyiça ham, erişilişi kerak bölgan maqsadlar böyiça ham Tramp bilan töliq kelişib oldik. Agar Rossiya Alyaskadagi uçraşuvdan keyin heç narsa qilmasa, Yevropa va AQŞ bosimni kuçaytirişi kerak.Volodimir Zelenskiy
Biz bugun jang maydonidagi vaziyatni muhokama qildik. Men Tramp va yevropalik ittifoqçilarimizga Putin yolğon gapirayotganini aytdim. U Alyaskadagi uçraşuv oldidan hammaga bosim ötkazişga va sanktsiyalar iş bermayotgandek körsatişga harakat qilmoqda. Aslida sanktsiyalar juda samarali va Rossiya harbiy iqtisodiyotiga zarar yetkazadi. Qöşimça bosim kerak. Men ularga Putin tinçlikni xohlamasligini aytdim – u mamlakatimizni bosib olmoqçi. Umid qilamizki, Alyaskadagi uçraşuvning asosiy mavzusi öt oçişni töxtatiş böladi. Tramp bu haqda bir neça bor gapirgan. Alyaskadagi muzokaralardan söng AQŞ rahbari bilan qönğiroqlaşib, natijalarni muhokama qilamiz. Donbass böyiça pozitsiyam özgarmadi. U Ukraina Konstitutsiyasiga asoslangan. Tramp Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berişga tayyor.Keyinroq Donald Tramp Yevropa yetakçilari bilan «juda yaxşi suhbat» ötkazganini aytdi. U bu muloqotga «ön» baho qöygan. «Biz juda yaxşi suhbatlaşdik. Men uni ön bahoga baholagan bölardim. Juda, juda döstona», – dedi AQŞ prezidenti.
Şuningdek, u Alyaskada Putin bilan sammit muvaffaqiyatli ötsa, Rossiya va Ukraina prezidentlari iştirokida uç tomonlama uçraşuv ötkaziş istagini bildirdi. Trampning sözlariga köra, agar Putin uruşni töxtatişga rozi bölmasa, Rossiyani «juda jiddiy oqibatlar» kutmoqda. U aynan nimani nazarda tutganiga aniqlik kiritmadi.
Tramp Putin bilan hududlar masalasini muhokama qilmaslikka vada berdi – NBC News
Çorşanba kuni keçqurun Amerikaning NBC News telekanali anonim suhbatdoşlariga tayanib, Tramp onlayn sammit çoğida Zelenskiy va Yevropa yetakçilariga Rossiya yetakçisi Vladimir Putin bilan Ukraina hududlarini taqsimlaşni muhokama qilmoqçi emasligi, faqat öt oçişni töxtatişga erişmoqçi ekanini aytgani haqida xabar berdi.
Uşbu suhbatdoşlar malumotiga köra, sammitning barça iştirokçilari tinçlik şartlarini Ukrainani aylanib ötgan holda muhokama qiliş mumkin emasligi böyiça yakdil pozitsiyada bölişgan.Bundan taşqari, Yevropa vakillari agar Putin öt oçişni töxtatişga rozi bölmasa, unda Tramp katta ehtimol bilan Rossiyaga qarşi yangi sanktsiyalar kiritişini taxmin qilmoqda.
Umuman olganda, bu Zelenskiy, Merts va Makron Tramp bilan suhbatdan keyin aytgan şartlardir.
«Evropa yetakçilaridan bazilarida Tramp Putin bilan uçraşuvi natijalariga böyiça optimistik qaraşda emas, degan taassurot paydo böldi», –deya suhbatdoşning sözlarini keltiradi NBC.
Manba: Kun.uz