Trampning odami Kremlda: AQŞ prezidenti bayonot bilan çiqdi

Trampning odami Kremlda: AQŞ prezidenti bayonot bilan çiqdi
Trampning maxsus vakili Putin bilan uçraşdi. AQŞ prezidenti uçraşuv yakunlari böyiça iliq fikr bildirdi.
Trampning aytişiça, Uitkoffning Putin bilan uçraşuvida "katta yutuqlarga erişilgan".
AQŞ prezidenti Donald Trampning aytişiça, uning maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan juda samarali uçraşuv ötkazgan.
"Mening maxsus vakilim Stiv Uitkoff Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan juda samarali uçraşuv ötkazdi. Muhim yutuqlarga erişildi! Söngra men Yevropadagi bazi ittifoqçilarimizga malumot berdim. Bu uruş tugaşi kerak degan fikrga hamma rozi va biz yaqin kunlar va haftalarda şu maqsadda harakat qilamiz. Uşbu masalaga etibor berganingiz uçun taşakkur!" – deb yozdi Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida.
Kreml bayonotiga köra, Uitkoffning Putin bilan Kremldagi uçraşuv taxminan uç soat davom etgan.
Putinning yordamçisi Yuriy Uşakov uçraşuvdan söng jurnalistlarga “Ukraina inqirozi” va “Rossiya va AQŞ örtasidagi strategik hamkorlikning ehtimoliy rivojlanişi istiqbollari” haqida “juda foydali va konstruktiv suhbat bölib ötganini” aytdi.
Şu bilan birga, Oq uy Rossiyaga qarşi ikkinçi darajali sanktsiyalar 8 avgust elon qilinişi mumkinligini elon qildi. Eslatib ötamiz, Tramp Rossiyaga 12 kunlik muhlat bergan va bu 8 avgust kuni tugaydi.