USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Putin sanktsiyalarga qaramay uruşni davom ettirmoqçi

293 марта
Putin sanktsiyalarga qaramay uruşni davom ettirmoqçi


U özi bilan heç kim tinçlik böyiça jiddiy gaplaşmayapti deb hisoblamoqda. Reuters agentligining Kremlga yaqin manbalarga asoslanib tayyorlagan materialidan asosiy gaplar.

Aleksey Konovalov / TASS / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQŞ prezidenti Donald Trampning sanktsiyalarni kuçaytiriş haqidagi tahdidlariga qaramay, Ğarb öz şartlariga rozi bölmaguniça jang qilişda davom etmoqçi. Bu haqda Reuters Kremlga yaqin bölgan uç manbaga asoslanib xabar qilgan.
Agentlik suhbatdoşlariga köra, Putin Rossiya iqtisodiyoti va armiyasi Ğarb tomonidan qöllanuvçi har qanday qöşimça sanktsiyalar, jumladan, Rossiya neftini xarid qiluvçi mamlakatlarning mahsulotlariga boj qöyilişiga ham doş bera oladi, deb hisoblaydi.
«Putinning fikriça, heç kim, jumladan, amerikaliklar ham u bilan Ukrainadagi vaziyatni tinç yöl bilan hal qiliş tafsilotlarini jiddiy muhokama qilmagan. Şu bois, u özi xohlagan narsaga erişmagunça davom etişga bel boğlagan», – deydi Reuters suhbatdoşlaridan biri. Uning qöşimça qilişiça, Tramp bilan telefon muloqotlari va uning maxsus vakili Stiv Uitkoffning Rossiyaga taşriflariga qaramay, Rossiya prezidenti şu paytgaça heç kim u bilan tinçlik şartlarini muhokama qilmagan deb hisoblaydi.
Putin NATOning şarqqa kengaymasligi, Ukrainaning betarafligi, rusiyzabon aholi huquqlarini himoya qiliş va Ukrainaning annektsiya qilingan beşta hududi Rossiya tarkibiga kirişini tan oliş böyiça yuridik majburiyatlarni talab qilmoqda. Şu bilan birga, u Ukraina xavfsizligi kafolatlarini muhokama qilişga tayyor, deyiladi Reuters materialida.

Agentlik manbalari, şuningdek, Putin Rossiya jang maydonida ustunlikka ega ekanligini tuşunişini va şuning uçun yangi hududlarni egallaşga intilişi mumkinligini takidladi. «Iştaha ovqat mahali keladi», – dedi Reuters suhbatdoşlaridan biri. Yana bir manbaning aytişiça, Moskvaning keyingi harakatlari Ukrainaning kuçiga boğliq böladi – agar Rossiya armiyasi qattiq qarşilikka duç kelsa, hujum töxtaşi mumkin. Ammo jiddiy qarşilik körsatilmasa, unda «Dnipro, Sumi va Xarkivga yanada kengroq hujum bölişi mumkin».
Manbalardan biri Trampda Rossiya prezidentiga tasir ötkaziş vositalari köp emasligini takidlagan. «Putin Tramp – yoqimsiz xatti-harakatlarni amalga oşirişi mumkin bölgan, harakatlarini oldindan aytib bölmaydigan odamligini tuşunadi. Va uning qahrini keltirmaslik uçun manyovr qiladi», – deya qöşimça qildi agentlik suhbatdoşi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: