Rossiyaning Eron-Isroil mojarosi böyiça takliflari bor – Putin
21-06-2025, 10:46
182 марта

Rossiyaning Eron-Isroil mojarosi böyiça takliflari bor – Putin
Rossiya Eron va Isroil örtasidagi mojaroni hal qiliş böyiça takliflarga ega, Moskva barça iştirokçilar, şu jumladan AQŞ bilan aloqada. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin keça, 20 iyun kuni Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida (PMEF) malum qildi.Uning aytişiça, Rossiya muzokaralarda vositaçilik qilişga intilmayapti.
“Biz şunçaki ğoyalarni taklif qilmoqdamiz va agar ular ikkala tomon uçun ham jozibador bölsa, biz bundan faqat xursand bölamiz”, dedi Putin.Rossiya Prezidenti Eron, Isroil va AQŞ rahbarlari bilan gaplaşganini va ularga vaziyatni hal qiliş böyiça öz qaraşlarini taqdim etganini qöşimça qildi.
“Hozir bizning takliflarimiz ham muhokama qilinmoqda, eronlik döstlarimiz bilan aloqalarimiz bor – ular deyarli har kuni sodir böladi, şuning uçun biz köramiz”, dedi Putin.