USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Butun Ukraina bizniki – Putin

833 марта

Butun Ukraina bizniki – Putin 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin keça, 20 iyun kuni Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida (PMEF) Rossiyaning Sumi şahrini bosib olişga urinişini istisno etmadi.
Moderatorning Rossiya armiyasi Kreml “Rossiyaniki deb hisoblaydigan” Ukraina hududida oldinga siljişi haqidagi gapiga izoh berar ekan, Putin şunday dedi:

“Men rus va ukrain xalqlarini bir xalq deb bilişimni köp marta aytganman, aslida. Şu manoda butun Ukraina bizniki”.
Ukrainadagi uruş haqida gapirişda davom etar ekan, Putin “qadimgi qoida” deb atagan iborani aytdi.
“Bizda qadimiy qoida bor: rus askarining oyoği qayerga yetsa, öşa yer bizniki”, dedi u. 
Şu bilan birga, Rossiya Prezidentining sözlariga köra, Kreml “Ukrainadan taslim bölişga intilmayapti”:
“Biz joylarda yuzaga kelgan haqiqatlarni tan olişni talab qilamiz”, dedi u.
Putin, şuningdek, Rossiya armiyasining Ukrainaning Sumi şahrini bosib olişga urinişini ham istisno etmadi. Prezidentning sözlariga köra, Rossiya armiyasi Sumi viloyatida 10-12 kilometrlik bufer zonasini yaratgan. 
“Sakkiz, ön, ön ikki kilometr. Keyin Sumi şahri bor. Viloyat markazi. Bizda bunday vazifa yöq – Sumini qölga oliş. Lekin printsipial jihatdan men buni istisno qilmayman”, dedi Putin.
Malumot uçun, Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi joriy yilning 18–21 iyun kunlari Sankt-Peterburg şahrida bölib ötmoqda. 2025 yilgi forumning asosiy mavzusi “Umumiy qadriyatlar – köp qutbli dunyoda ösişning asosi”. 
Forumda yirik va örta biznes vakillari, kiçik korxonalar, xalqaro kompaniyalar, davlat idoralari, ekspertlar, talim sohasi vakillari hamda yoş mutaxassislar va talabalar iştirok etmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: