Putin tinçlikni xohlamaydi – Zelenskiy
12-06-2025, 13:59
515 марта

Putin tinçlikni xohlamaydi – Zelenskiy
Moskvaning Ukrainadagi tinçlik muzokaralaridan asosiy maqsadi tinçlikka erişiş emas, balki AQŞ Prezidenti Donald Trampga “Ukraina va Rossiya örtasida diplomatik köprik borligini” körsatiş va AQŞning Rossiya Federatsiyasiga qarşi yangi sanktsiyalarini joriy etişdan qoçişdir. Bu fikrni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 12 iyun kuni çop etilgan Germaniyaning “Bild” tabloidiga bergan intervyusida bildirdi.“Putin har doim şunday deyişi mumkin: “Biz bir-birimiz bilan gaplaşamiz! Sanktsiyalar qöllanilsa, boşqa muzokaralar bölmaydi”, deydi Zelenskiy.
Hujumga uçragan mamlakat Prezidenti ayni paytda Kreml Ukrainani yakkalab qöyiş maqsadini közlamoqda, deb hisoblaydi .
“Ukraina hamkorlari yordamisiz uzoq davom etadigan uruş Putin uçun ideal variant böladi. U şeriklar va sanktsiyalar kömagida uzoq davom etadigan uruşga doş bera olmaydi”, deydi Prezident Zelenskiy.
Şu munosabat bilan u Ğarbning Moskvaga qarşi sanktsiyalarini kuçaytirişga çaqirdi.
AQŞ Prezidenti Donald Trampning uni tanqid qilganini izohlar ekan, Vladimir Zelenskiy “agar bu bizni (ukrainaliklarni) uruş yakuniga yaqinlaştirsa, hamma narsani normal qabul qilişga tayyor”ligini aytdi.
“Prezident Tramp öz taktikasini tanladi. Men heç kimni qoralamoqçi emasman”, dedi u.
Bild jurnalisti Pol Ronsgeymer Oq uyda Tramp bilan janjaldan keyin Zelenskiy Amerika Prezidentini tanqid qilişdan qoçganiga etibor qaratganida, Ukraina rahbari şunday dedi:
“Menimça, uning uçun (Donald Tramp), tarixiy nuqtai nazardan qaraganda, dunyoda tinçlikni tiklaşdan muhimroq narsa bölişi mumkin emas”.
Rossiyaning bir neçta strategik bombardimonçi samolyotlari va uning harbiy aerodromlari zarar körgan “Örgimçak töri” operatsiyasi haqida gapirar ekan, Zelenskiy, uning fikriça, Rossiyaning yaqinda Kiyev va Ukrainaning boşqa şaharlariga uçuvçisiz samolyotlar va raketalar bilan uyuştirilgan ommaviy hujumlari bunga munosabat emasligini aytdi.
Şu bilan birga, u Moskvaning Rossiya Ukraina bilan uruşda ğalaba qozonişga yaqin ekanligi haqidagi davolarini rad etdi.
“Ukraina qurolli kuçlari uç haftadan beri Rossiyaning yangi hujumini muvaffaqiyatli qaytarmoqda. Rossiyaliklar, yumşoq qilib aytganda, unçalik muvaffaqiyatli emas”, dedi Vladimir Zelenskiy.