Putin Netanyahudan Eron böyiça vada oldi
20-06-2025, 16:00
249 марта

Putin Netanyahudan Eron böyiça vada oldi
Isroil Eronning Buşehr şahridagi atom elektrostantsiyasida (AES) faoliyat yuritayotgan rossiyalik mutaxassislarga hujum qilmaslikka vada berdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Peterburg iqtisodiy forumi doirasida taşkil etilgan xalqaro axborot agentliklari rahbarlari bilan uçraşuvda malum qildi.“Biz (Eron hukumati bilan “Buşehr” AESning) qöşimça ikki blokini quriş böyiça şartnoma imzoladik. Işlar boşlangan, bizning mutaxassislar, yani 200 dan ziyod kişi quriliş maydonida. Biz Isroil rahbariyati bilan ularning xavfsizligi taminlanişi böyiça kelişib oldik”, – dedi Putin.
Malumot örnida: Isroil Eronga hujum boşlagan 13 iyun oqşomida Putin Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan suhbatlaşgan edi.
Putin axborot agentliklari rahbarlari bilan uçraşuvda Rossiya Eron bilan “yaxşi munosabatlar”ga ega ekani, Moskva Tehronning tinç yöldagi atom dasturlari böyiça manfaatlarini himoya qilişga tayyorligini qayd etgan.
Şuningdek, u qurolli ziddiyatni Eronning tinç atom dasturi va Isroilning xavfsizligini inobatga olgan holda hal etiş lozimligin aytgan.
Rossiya va Eron joriy yil yanvar oyida Strategik hamkorlik töğrisida şartnoma imzolagan edi. Suhbat davomida AFP agentligi vakili Karim Talbiy uşbu şartnomani eslatar ekan, Isroil bilan uruşda Moskva Tehronga yangi qurollar yetkazib berişi ehtimoli haqida söragan. Putin bunga javoban Strategik hamkorlik töğrisidagi şartnomada mudofaa sohasiga oid hamkorlik közda tutilmaganini qayd etgan.
“Eronlik döstlarimiz bizdan bu haqda (Isroilga qarşi uruşda qurol-aslaha borasida kömak nazarda tutilmoqda – tahr.) söraşmadi. Demak, bu masalada muhokama qiladigan gapning özi yöq”, – degan Putin.
Eslatib ötamiz, “Buşehr” – Yaqin Şarqda işga tuşirilgan ilk AESdir. Fors körfazi sohilida, Eronning şu nomli şahrida joylaşgan AES qurilişi 1975 yilda Germaniya bilan hamkorlikda boşlangan.
1979 yilda Eronda inqilob röy berib, şoh hokimiyati ağdarilgaç, Germaniya AES qurilişi loyihasidagi iştirokini töxtatgan. Bu paytda quriliş 70 foizga yakunlangan edi.
1995 yilda Eron Rossiya bilan “Buşehr” AES qurilişini yakunlaş haqida bitim imzolagan. Moskva AESni 2000 yilda foydalanişga topşirişga vada berganiga qaramay, AQŞ va ittifoqçilari bosimi sabab inşootni topşiriş yana çözilgan.
AES 2012 yilda töla quvvat bilan işlay boşlagan va 2013 yil sentyabrda Eronga rasman topşirilgan. 2015 yil yanvar oyida Eron (sobiq) prezidenti Hasan Ruhoniy Buşehr şahriga taşrifi çoği stantsiyaning elektr işlab çiqariş quvvati 3000 megavattga yetganini malum qilgan edi.
Darvoqe, Isroil tomoni kuni keça “Buşehr” AESga hujum uyuştirgani haqida xabar berdi. Keyinroq Tel-Aviv buni “xato” deb atadi. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Isroilni Atom energetikasi böyiça agentlik kafolati ostidagi inşootlarga zarba berişni zudlik bilan töxtatişga çaqirdi.