Putin: “Rossiya va Özbekiston migratsiya masalalarini birgalikda hal qiladi”
19-06-2025, 12:49
513 марта
Putin: “Rossiya va Özbekiston migratsiya masalalarini birgalikda hal qiladi” Rossiya va Özbekiston migratsiya masalalarini birgalikda hal qilişga, muhojirlarni oldindan tayyorlaşga kelişib oldi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin nutqiga tayanib “TASS” xabar berdi.
Biz mehnat bozorida ham ijtimoiy xarakterdagi köplab masalalar borligini tuşunamiz. (Özbekiston prezidenti) Şavkat Miromonoviç bilan migratsiya masalalarini birgalikda hal qilişga kelişib oldik. Çunki bizda mehnat bozori bugun qanday ahvolda ekani malum.
Sizlarda (Özbekistonda) malum darajada bosim kuzatilmoqda. Lekin nima qilişni birgalikda kelişib oldik. Rossiyada işlaşni xohlaydigan odamlarni tayyorlaş masalasini hal etamiz, degan Putin dunyoning yetakçi axborot agentliklari rahbarlari bilan ötkazilgan uçraşuvda.
Uning sözlariga köra, yoşlar bilan işlaş muhim ahamiyatga ega. Şu sababli hozirda Rossiya va Özbekiston yoşlari örtasidagi aloqalarni rivojlantirişga katta etibor qaratilmoqda.