Özbekiston va Rossiya yetakçilari amaliy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar
3-05-2025, 15:04
332 марта
Özbekiston va Rossiya yetakçilari amaliy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 3 may kuni bölib ötgan telefon orqali muloqotda mamlakatlarimiz örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaşning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
Rossiya Prezidentining ötgan yil may oyidagi Özbekistonga davlat taşrifi davomida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş natijalari körib çiqildi.
Özaro tovar ayirboşlaş suratini saqlab qoliş, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini jadallaştiriş, hududlar va biznes darajasidagi faol muloqotlarni davom ettirişga qaratilgan muvofiqlaştirilgan çora-tadbirlarni qabul qiliş muhim ekani takidlandi.
Şu manoda, Toşkent şahrida beşinçi "Innoprom. Markaziy Osiyo" xalqaro sanoat körgazmasi doirasida bölib ötgan işbilarmonlik tadbirlarining samarali natijalari yuksak baholandi.
Gumanitar hamkorlik, eng avvalo, madaniyat, sanat, fan va talim, sport va turizm sohalarida kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Özbekiston va Rossiya yetakçilari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almaşib, bölajak uçraşuvlar rejasini muhokama qildilar.