USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Zelenskiy Tramp–Putin uçraşuvi oldidan muhim bayonot berdi

111 марта

Zelenskiy Tramp–Putin uçraşuvi oldidan muhim bayonot berdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev Moskvaga hududlar borasida yon bermasligini takidladi. Zelenskiyning qatiy ruhdagi uşbu bayonoti AQŞ prezidenti Donald Tramp va Rossiya rahbari Vladimir Putin uçraşuvi arafasida yangragani etiborga molikdir.
“Biz Rossiyaga qilmişlari uçun mukofot bermaymiz, albatta... Uşbu uruşga xotima yasaş kerak va buni Rossiya qilişi kerak. Uruşni Rossiya boşladi va çözmoqda. Unga berilgan biror bir muhlatga jiddiy qaramadi. Ukraina hududiga doir savolga javobni Ukraina Konstitutsiyasidan topiş mumkin. Konstitutsiyaviy talabdan heç kim çekinmaydi, çekina olmaydi ham. Ukrainaliklar öz yerlarini bosqinçilarga sovğa qilmaydi. Ukraina tinçlikka olib boruvçi real qarorlarni qabul qilişga tayyor. Ammo bizga qarşi bölgan, Ukrainasiz qabul qilingan har qanday qarorni tinçlikka qarşi bölgan qaror deb hisoblaymiz”, – degan Zelenskiy.
Ukraina rahbari, ayni çoqda, prezident Tramp va hamkorlar bilan birgalikda mustahkam tinçlik yölida hamkorlikka tayyor ekanini urğulagan.

Avval xabar berganimizdek, kuni keça Tramp hamkasbi Putin bilan 15 avgust kuni Alyaskada uçraşişini malum qildi. 

Uşbu uçraşuvda asosan Ukrainada uruşni töxtatiş masalasi muhokama etiladi.
Oq uyda jurnalistlar bilan muloqotda Tramp Rossiya bilan har qanday kelişuv hududlar almaşuvini öz içiga olişi mumkinligiga şama qilgan.

Tahlilçilarga köra, Yevropa davlatlari yetakçilari Tramp va Putin Ukraina borasida Yevropa Ittifoqisiz öziça qaror qabul qilişidan xavotirda.

Ukraina tomoni ham mamlakat taqdiri Ukraina rahbariyati iştirokisiz AQŞ va Rossiya tomonidan hal etilişini istamayotir. YeI Trampni muzokaralarda Ukraina ham hozir bölişiga işontirişga urinmoqda.
Bi-bi-sining mudofaa masalalari böyiça muxbiri Jonatan Bilning fikriça, Kiyev Tramp uruşni töxtatiş vajidan Ukrainadan Rossiyaga nisbatan hududiy yon berişni talab qilişidan taşvişda. Çunki Tramp Ukraina masalasida tinçlik uçun hududni qurbon qilişni afzal biladi.

Zelenskiyning sönggi bayonoti ham aslida Trampni Putin bilan uçraşuv oldidan ogohlantirişga qaratilgan bölsa ajab emas.
“The Wall Street Journal” gazetasiga köra esa, Yevropa davlatlari Ukraina bilan birgalikda Putinning hududlar almaşuvi evaziga öt oçişni töxtatiş böyiça taşabbusiga javob takliflarini ilgari surgan.
Yevropa va Ukraina agar hududlar böyiça yon beriş lozim bölsa, har ikki tomonga teng şartlar qöyilişini talab etmoqda. Masalan, Ukraina Donetsk viloyatini tark etişi lozim bölsa, buning evaziga Rossiya armiyasi Ukrainaning bosib olingan hududlari – Zaporoje va Xerson viloyatlaridan ixtiyoriy ravişda çiqib ketişi kerak.
Şuningdek, Kiyev har qanday hududiy yon beriş qatiy xavfsizlik kafolati, jumladan, Ukrainaning NATOga azoligi bilan mustahkamlanişini söramoqda.
Qisqasi, Yevropa Ittifoqi rahbariyati Trampni Putin bilan muzokaralarda “Ukraina va Yevropaning hayot-mamot ahamiyatiga molik manfaatlari”ni himoya qilişga çaqirmoqda.
Hozirga qadar AQŞ prezidenti Trampning Rossiya rahbari Putinga ötkazgan bosimlari natija bermadi. Oq uy rahbari tomonidan bir neça marta belgilangan “sönggi muhlat”lar ham Kreml xöjayini tomonidan jiddiy qabul qilinmadi.
Tramp mamuriyati hokimiyatga kelgaç, Vaşingtonning Yevropa davlatlari bilan Ukraina borasida yakdilligi yöqolgan. Sönggi hodisalar Rossiya bilan muzokaralarga zör berayotgan Oq uy bu jarayonga Yevropa Ittifoqini qöşişni istamayotganini körsatgan. “Köhna qita”dagi ayrim siyosatçilar Vaşington Ukraina masalasida Moskvaga yon berişga urinayotganini xiyonat deb baholagan. 
Zelenskiy esa Rossiya rahbari Vladimir Putin va AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uç tomonlama uçraşuv ötkaziş lozim deb hisoblaydi.
Ukraina hukumati mamlakat taqdiri uning iştirokisiz hal etilişi mumkin emasligini takidlab kelmoqda.
NBC News telekanali tarqatgan sönggi xabarlarga qaraganda, Oq uy Ukraina rahbari Zelenskiyni Alyaskaga taklif etiş imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu borada hali yakuniy qaror qabul qilinganiça yöq, ammo amerikalik mulozimlar Alyaskaga Putin bilan bir paytda Zelenskiyning ham taşrif buyurişini istisno etmayotir.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: