“Keyingi qadam – Ukraina böyiça uç tomonlama uçraşuv” – Tramp
19-08-2025, 05:36
211 марта

Tramp Zelenskiy bilan bölib ötgan muzokaralarni muvaffaqiyatli deb atadi. U Rossiya bilan uç tomonlama uçraşuvga olib keluvçi YeI rahbarlari va Zelenskiy bilan uçraşuvi yakunlari böyiça kelişuvga erişilişiga umid bildirdi.
Donald Trampning sözlariga köra, Alyaskada ötkazilgan sammit unda tinçlikka erişişga işonç uyğotgan.
“Putin Rossiya Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlarini qabul qilişga rozi böldi”, - dedi AQŞ prezidenti.
Uning işonç bildirişiça, Putin va Zelenskiy Ukrainadagi nizoni hal qiliş böyiça umumiy til topişişadi.
“Keyingi qadam – Ukraina böyiça uç tomonlama uçraşuv. Rossiya bundan keyin Ukrainaga zöravonlik qilişiga işonmayman”, - deb takidladi Tramp.
Uçraşuvda Zelenskiy bilan birga Germaniya kantsleri Fridrix Merts, Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron, Italiya boş vaziri Jorja Meloni, Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va NATO boş kotibi Mark Ryutte iştirok etdi.