Zelenskiy 18-avgust kuni Vaşingtonda Tramp bilan uçraşadi
16-08-2025, 18:42
219 марта
Zelenskiy 18-avgust kuni Vaşingtonda Tramp bilan uçraşadiAQŞ prezidenti Donald Tramp Ankorijdan qaytiş yölida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan suhbatlaşdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Malumotlarga köra, suhbat ança uzoq davom etgan, ammo uning tafsilotlari oşkor etilmagan. Şundan söng Tramp NATO davlatlari rahbarlari bilan ham telefon orqali muloqot qilgan.
Axios naşri muxbiri Barak Ravidning takidlaşiça, Zelenskiy bilan suhbat bir soatdan ortiq davom etgan. Unda davlat kotibi Marko Rubio va prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff ham iştirok etgan. Keyinroq muloqotga yarim soat davomida Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Germaniya, Finlyandiya, Polşa rahbarlari, şuningdek, NATO boş kotibi Mark Ryutte va Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen ham qöşilgan.
Zelenskiy telefon orqali suhbat yakunlari böyiça bergan bayonotida 18-avgust, duşanba kuni Vaşingtonda Donald Tramp bilan uçraşişini malum qildi. Uning takidlaşiça, ularning muloqoti “uzoq va mazmunli” keçgan.
Şuningdek, Zelenskiy Kiyevning Ukraina, AQŞ va Rossiya rahbarlari örtasida uç tomonlama uçraşuv ötkazilişini qöllab-quvvatlaşini bildirgan.
Eslatib ötamiz, 15-avgust kuni Ankorijdagi Elmendorf-Riçardson harbiy bazasida Tramp va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin örtasida muzokaralar bölib ötgan edi. Uçraşuvning asosiy mavzusi Rossiya—Ukraina mojarosini tugatiş masalasi bölib, muloqot 2 soat 45 daqiqa davom etgan.