USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yaponiyaliklar ehtimoliy uruşdan xavotirda. Mamlakatda namoyişlar avj oldi

179 марта

Yaponiyaliklar ehtimoliy uruşdan xavotirda. Mamlakatda namoyişlar avj oldi

Yaponiyada Boş vazir Sanae Takaiçining mudofaa siyosatini kuçaytirişga qaratilgan qadamlari ortidan sönggi ön yilliklardagi eng yirik uruşga qarşi namoyişlar avj oldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Tokio va boşqa yirik şaharlarda minglab odamlar köçalarga çiqib, “No War” şiorlari bilan hukumat siyosatidan norozilik bildirmoqda. 2025 yil oktyabrda hokimiyatga kelgan Takaiçi Yaponiyaning Ikkinçi jahon uruşi ortidan şakllangan patsifistik siyosatidan çekinişga qaratilgan bir qator qarorlarni qabul qildi. Xususan, qurol eksport qiliş böyiça uzoq yillik taqiq yumşatildi va mamlakat armiyasining xorijdagi roli kengaytirildi.

Hukumat bu çoralarni mintaqada xavfsizlik tahdidlari ortib borayotgani bilan izohlagan. Rasmiy Tokio Xitoyning faol siyosati, Şimoliy Koreyaning noaniq xatti-harakatlari va Rossiya bilan yaqinlikni asosiy xavf omillari sifatida körsatgan. Şuningdek, AQŞ ham Yaponiyani xavfsizlik sohasida faolroq bölişga bir neça bor undagan. Biroq mamlakat içida bu qarorlarga qarşi kayfiyat tobora kuçayib, fuqarolar Yaponiya özining uruşdan keyingi tinçlikparvar yölini yöqotayotganidan xavotirlaniş boşlangan.

Naşrga köra, Tokio markazidagi namoyişlarda yoşlar ham faol qatnaşmoqda. Namoyişçilardan biri, 30 yoşlardagi Akari Maezono hukumat jamoatçilik fikrini inobatga olmayotganini aytgan.
“Bu kabi özgarişlar xalq fikri tinglanmasdan amalga oşirilayotganidan ğazabdaman”, degan u.
Namoyişlarda qatnaşgan boşqa bir keksa fuqaro esa Yaponiya konstitutsiyasining 9-moddasini har qanday holatda saqlab qoliş lozimligini takidlagan.
“Aynan şu modda Yaponiyani avvalgi mojarolardan çetda uşlab turdi. Agar u bölmaganida, mamlakat allaqaçon uruşga tortilib ketgan bölardi”, degan u.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: