AQŞdagi önta ştat va poytaxtda namoyişlar davom etmoqda
12-06-2025, 00:59
203 марта

AQŞdagi önta ştat va poytaxtda namoyişlar davom etmoqda
AQŞ hukumati tomonidan noqonuniy migrantlarni deportatsiya qiliş rejalariga qarşi namoyişlar mamlakatning önta ştati va poytaxti Vaşington şahrini qamrab oldi. Bu haqda CNN xabar berdi.Los-Anjelesda beş kundan beri davom etayotgan immigratsiya reydlariga qarşi namoyişlar Nyu-York, Çikago, San-Frantsisko, Boston, Filadelfiya, Ostin, Denver, Atlanta, Sietl, Las-Vegas va boşqa yirik şaharlarda ham bölib ötmoqda.
Migrantlarni deportatsiya qilişga qarşi namoyişlar fonida AQŞda noqonuniy migrantlarni saqlaş joylari tölib ketgan. Hozirda 55 mingga yaqin noqonuniy migrant qamoqqa olingan, holbuki ularni joylaştiriş uçun bor-yöği 41,5 mingta yotoq örni mavjud. Tun davomida namoyişlar paytida tartibni buzganlikda ayblangan 500 nafarga yaqin kişi qölga olingan.
AQŞ Prezidenti Donald Tramp buyruğiga köra, 9 iyun kuni Los-Anjeles şahriga qöşimça ravişda 2 ming nafar Milliy gvardiya harbiylari va 700 nafar dengiz piyoda askarlari yuborilgan. Ötgan yakşanba kuni uşbu hududda allaqaçon 2 ming nafar gvardiyaçi joylaştirilgan edi.
Milliy gvardiya bölinmalari, şuningdek, Texas ştatidagi San-Antonio va Dallas şaharlariga ham federal obektlarni muhofaza qiliş maqsadida yuborilgan.