Erondagi qurğoqçilik va AQŞning iqlim quroli: yomğirni öğirlaş mumkinmi?
9-05-2026, 19:40
401 марта

Erondagi qurğoqçilik va AQŞning iqlim quroli: yomğirni öğirlaş mumkinmi?
Iroqning Huvayza botqoqliklari bir neça yil davom etgan qurğoqçilik sabab qaqragan sahroga aylangandi. Biroq kuçli yoğingarçilik oqibatida Dajla va Furot daryolari toşib, mintaqaga hayot qaytdi. Hatto Turkiya va Suriyada töğonlar tölib, ulardan suvni favqulodda oçib yuboriş boşlandi. Eronliklar esa aynan içimlik suvi yetişmasligi sabab qator aholi maskanlarini, hatto poytaxt Tehronni köçiriş haqida jiddiy öylayotgandi. Ammo ketma-ket yoğgan yomğir bu muammoni ham malum muddatga ortga surib berdi.Sönggi vaqtlarda mintaqadagi bu özgarişlarni inson omili, aniqroq aytganda, AQŞ va BAAning iqlimga tasir qiluvçi qurollari yöq qilingani bilan izohlaş kuçaydi. Bu versiya ijtimoiy tarmoqlar, tor doiradagi munozaralardan tortib, siyosatçilar darajasida ham keng yoyildi. Xususan, uni birinçilardan bölib Iroq parlamenti azosi Abdulla al-Haykaniy ilgari surdi. Deputatning fikriça, mintaqa böylab yoğingarçilik kuçayişining AQŞ Eronga qarşi harbiy harakatlar bilan band vaqtga töğri kelgani tasodif emas.

Keyinroq uşbu ritorikani boşqa fors rasmiylari, jumladan Milliy xavfsizlik kengaşining sobiq rahbari Said Jaliliy takrorlagan. 2018 yilda esa eronlik brigada generali Ğulom Rizo Isroil göyoki uning mamlakati tomon yönalgan bulutlarni maxsus texnologiyalar bilan “bepuşt” qilayotganini aytib, iqlim özgarişiga suniy ravişda tasir körsatilayotganini takidlagan. Biroq Eron Meteorologiya xizmati direktori Davud Parhizkar uning bu bayonotini tanqid qilib, insoniyat iqlimni manipulyatsiya qila olmasligini aytgan. Şundan söng qömondon özining bayonotlarini qaytarib olgan.
AQŞ va uning ittifoqçilari iqlimdan qurol sifatida foydalaniş uçun ilğor texnologiyalarni qöllaşiga işonadiganlar asosan ikkita farazni ilgari surişadi. Ularning aksariyati “bulut ekiş” texnologiyasiga işora qilib, havoga kimyoviy moddalar sepiş bilan yomğirni nazorat qiliş mumkinligini takidlaydi. Boşqalar esa Qöşma Ştatlar HAARP yuqori çastotali radiotölqinlar tizimi yordamida atmosferaga tasir ötkazadi deb hisoblaydi.
“Bulut ekiş” qanday texnologiya?
Havoga kimyoviy birikmalar sepiş, ommabop til bilan aytganda, “bulut ekiş” texnologiyasi yoğingarçilik jarayonini suniy ravişda tezlaştirişga asoslangan murakkab amaliyotdir. Unga köra mikroskopik reagentlar maxsus jihozlangan samolyotlar, yerdagi generatorlar yoki meteorologik raketalar yordamida bulut qatlamlariga kiritiladi. Bu uçun odatda kumuş yodidi yoki natriy xlorid va kaltsiy xloridga asoslangan gigroskopik tuzlar işlatiladi. Ulardan birinçisining molekulyar panjarasi muz kristallariga juda öxşaş bölsa, ikkinçisi suvni öziga kuçli tortiş xususiyatiga ega.

Ammo bunday amaliyot natijani kafolatlamaydi. Suniy yomğir yoğdiriş uçun qulay tabiiy şaroit bölişi lozim. Boşqaça aytganda, kimyoviy qorişmalar bulutsiz osmonda yomğir hosil qila olmaydi. Yani gap yöqdan bor qiliş emas, balki mavjud namlik zarraçalarini jipslaştirib, yomğir tomçilariga aylantiriş haqida boryapti. Barçasi yöriqnomaga muvofiq bajarilgan taqdirda ham, “bulut ekiş” orqali yoğingarçilik miqdorini maksimum 20 foizga oşiriş imkoni borligi tasdiqlangan. Qolaversa, bunday çoralar mahalliy xarakterga ega bölib, nari borsa 100 km radiusdagi maydonga tasir qiladi. Şu bois muayyan davlat suniy yomğir texnologiyalari orqali na boşqa mamlakatning bulutlaridan namlikni “soğib olişi”, na qöşnilariga möljallangan bulutlar yönalişini özgartirişi mumkin.
“Bulut ekiş” texnologiyasidan Xitoy, Qöşma Ştatlar hamda Rossiya kabi davlatlar qurğoqçilikka qarşi kuraşiş, yirik davlat tadbirlari oldidan “osmonni tozalaş” kabi amaliyotlarda foydalanadi. Birlaşgan Arab Amirliklari esa bu borada nafaqat mintaqa, balki dunyoning eng ilğor mamlakati hisoblanadi. Amirliklarda uşbu vazifa bilan Milliy meteorologiya markazi şuğullanadi. U kimyoviy birikmalarni havoga asosan maxsus samolyotlar orqali sepadi. Bundan taşqari, mamlakat yangi innovatsion yeçimlarni joriy etiş uçun grantlar ajratib, mavjud texnologiyalarni muntazam ravişda takomillaştirib boradi.

2024 yilning aprel oyida Dubay şahrida yuz bergan toşqinlar suniy yomğir texnologiyasi atrofidagi miş-mişlarni yanada kuçaytirdi. Öşanda haddan ziyod yoğingarçilik sabab şaharni suv qoplagan, natijada kamida bir kişi halok bölgandi. Ayrimlar buni “bulut ekiş” texnologiyasi bilan boğlay boşladi. Lekin BAA Milliy meteorologiya markazi bayonot bilan çiqib, toşqin boşlanişidan oldin suniy yomğir yoğdiriş uçun heç qanday parvoz amalga oşirilmaganini malum qildi. Dunyo yetakçi iqlimşunoslari esa vaziyatni tahlil qilib, yoğingarçilikka tsiklonlar sabab bölganini bildirdi. Bloomberg agentligi ham toşqin masalasiga töxtalib, bunday miş-mişlar iqlim özgarişi kabi real muammolar etibordan çetda qolişiga sabab bölayotgani haqida yozdi.

Bunday nazariyalarga işonadiganlarning yana bir toifasi öz qaraşlarini dastaklaş uçun Qöşma Ştatlarning HAARP yuqori çastotali faol avroral tadqiqot loyihasini keltiradi. U Alyaska ştatida joylaşgan 180 ta antennadan iborat ulkan majmua bölib, osmonga yuqori çastotali radiotölqinlarni yönaltiradi. Kompleks 1993 yili AQŞ harbiy-havo kuçlari, harbiy-dengiz kuçlari va Ilğor mudofaa tadqiqot loyihalari agentligi hamkorligida taşkil etilgan.
HAARP atmosferaning eng yuqori qatlamini örganişga xizmat qiladi. Uning antennalari ionosferaning kiçik bir qismini vaqtinça “qizdirib”, sodir böladigan özgarişlarni kuzatadi. Bundan maqsad global aloqa tizimlarini barqarorlaştiriş, Quyoş böronlarining GPS kabi navigatsiya tizimlariga tasirini tahlil qiliş hamda suvosti kemalari bilan muloqot uçun past çastotali tölqinlar hosil qiliş imkoniyatini örganişdir. Boisi ionosfera uzoq masofali radioaloqa tölqinlarini qaytariş xususiyatiga ega bölib, uni tadqiq qiliş orqali hozir sanab ötilgan natijalarga erişiş mumkin.

AQŞning Eron tomonidan nişonga olingan Yaqin Şarqdagi radarlari esa ob-havoga heç qanday tasir körsata olmaydi. Boisi ular X-diapazon va C-diapazon kabi yuqori çastotalarda işlaydi. Bunday tölqinlar atmosferadagi suv buğlari yoki bulutlar bilan özaro tasirga deyarli kirişmaydi. Agar ular bulutlar içidan ötib ketmay, namlikka yutilib ketsa, radar özining asosiy vazifasini bajara olmaydi. Yani milliard dollarlik tizimlar havo tahdidlarini aniqlamaydigan foydasiz temir-tersakka aylanadi.
Xöş, unda nega yoğingarçilik köpaydi?
Aprel hamda may oylari nafaqat Yaqin Şarq, balki Markaziy Osiyoda ham yoğingarçilik meyordan köp böldi. Özbekistonlik iqlimşunos Erkin Abdulahatovga köra, bunga atmosferaga tasir körsatiş texnologiyalarining aloqasi yöq. Unga köra, holat Hind okeani tebranişi hamda Şimoliy Atlantika tebranişi kabi tabiat hodisalari natijasida yuz bermoqda. Aniqroq aytganda, Hind hamda Atlantika okeanlarida suv odatdagidan köproq buğlanib, namlik zarraçalari Arabiston yarimoroli, Iroq hamda Markaziy Osiyo tomon yönalmoqda. Iqlimşunosning yozişiça, avvalgi yillarda havo oqimi ularni asosan Yevropa markazi, Qozoğiston hamda Rossiyaga taşigan.