Tehronni evakuatsiya kutmoqda. Eron poytaxti qayerga köçiriladi va bunga kim aybdor?
26-11-2025, 20:27
118 марта

Tehronni evakuatsiya kutmoqda. Eron poytaxti qayerga köçiriladi va bunga kim aybdor?
Eronni ğayrioddiy qurğoqçilik qamrab oldi. Yirik şaharlarga suv yetkazib beradigan suvomborlarda beş foizdan ham kam suv qolgan. Masalan, mamlakatdagi Tehrondan keyin ikkinçi yirik şahar – Maşhadni suv bilan taminlaydigan omborlarda uç foiz yoki undan ham kam darajada suv bor. Vaziyat şu qadar oğirki, mamlakat Prezidenti Masud Pezeşkiyon “agar qiş boşiga qadar yomğir yoğmasa, poytaxtni evakuatsiya qilişga töğri keladi”, deya bayonot berdi.Nega bu holat yuz berdi va bunga kim javobgar? “Meduza” bu haqda batafsil tahlil elon qildi.
Olimlarning hisob-kitobiga köra, Eron sönggi 70 yildagi eng quruq kuzni boşdan keçirmoqda. Mamlakatning ğarbiy qismidagi Zagros toğlarida yomğir, Tehronga yaqin Toçol toğida qor yoqqaniga qaramay, yoğingarçilik hali ham iqlim meyorining öndan bir qismiga teng, xolos. Mamlakatda bulut ekiş boşlangan. Bu – Eronning şimoli-ğarbida joylaşgan Urmiya köli ustida suniy yomğir çaqiriş operatsiyasi orqali amalga oşirilmoqda. Mamlakatdagi eng yirik köl hisoblanadigan Urmiya jiddiy sayozlaşgan, uning katta qismi esa ösimliklar uçun yaroqsiz, tuz miqdori yuqori bölgan çölga aylanib qolgan.