USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kim Çen Inga suiqasd qilinsa, Şimoliy Koreya avtomatik yadroviy zarba beradi — OAV

160 марта

Kim Çen Inga suiqasd qilinsa, Şimoliy Koreya avtomatik yadroviy zarba beradi — OAV

Manba: Bloomberg
Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In mamlakat konstitutsiyasiga özgartiriş kiritib, öziga nisbatan suiqasd amalga oşirilgan taqdirda harbiylarning javob tariqasida yadroviy zarba berişini şart etib belgiladi. Bu haqda Janubiy Koreya razvedkasiga tayanib, Daily Mail xabar berdi.

Uşbu özgartirişga AQŞ va Isroil hujumlari oqibatida Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy öldirilgani tasir qilgani aytilmoqda. Konstitutsiyaviy islohot 22 mart kuni Pxenyan şahrida bölib ötgan Oliy xalq majlisining birinçi sessiyasida qabul qilingan. U Kim Çen In öldirilgan yoki armiyaga qömondonlik qila olmaydigan holatga kelgan taqdirda yadroviy javob qaytariş tartiblarini rasmiylaştiradi.
Şimoliy Koreyaning yadroviy siyosat töğrisidagi qonunining yangilangan 3-moddasiga köra, agar mamlakatning yadroviy qömondonlik va nazorat tizimiga duşmanona hujumlar xavf solsa, “avtomatik va darhol” javob yadroviy zarbasi beriladi, deydi razvedka.
Tahlilçilarning fikriça, bu qaror AQŞ va Isroilning Eron oliy rahbariyatiga qarşi muvaffaqiyatli amaliyotlaridan söng Pxenyan rejimida yuzaga kelgan çuqur xavotirni aks ettiradi. Seuldagi Kukmin universiteti professori va Şimoliy Koreya böyiça ekspert Andrey Lankovning takidlaşiça, Pxenyan Tehrondagi hujumlarni diqqat bilan örgangan va ularni keskin ogohlantiriş sifatida qabul qilgan.


Ekspertning fikriça, Şimoliy Koreya rahbariyati Eron harbiy va siyosiy elitasi qisqa vaqt içida yuqori aniqlikda nişonga olinganidan xavotirda. Kim Çen In doimiy ravişda tansoqçilar qurşovida harakatlanadi. U imkon qadar samolyotda uçişdan qoçadi va buning örniga ilğor xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan, oğir zirhli şaxsiy poyezdda sayohat qiladi.
“Kimni yöq qilişga bölgan har qanday uriniş, Şimoliy Koreyaning taşqi dunyodan öta yakkalangani sababli, Erondagi zarbalardan köra ança qiyinroq keçişi mumkin”, deyiladi xabarda.
Şimoliy Koreya çegaralari amalda yopiqligiça qolmoqda, KXDRga kiritilgan sanoqli xorijiy diplomatlar, tadbirkorlar doimiy kuzatuv hamda qatiy çeklovlar ostida qoladi. Tahlilçilar Şimoliy Koreyaga oid razvedka malumotlarini töplaş Eron bilan taqqoslaganda qiyinligini qayd etdi. Çunki mamlakatda videokuzatuv tarmoqlari çeklangan, internet esa qatʻiy nazorat qilinadi.
Professor Lankovning aytişiça, Şimoliy Koreya rahbariyati, ehtimol, harbiy harakatlarni kuzatişi yoki mojaro paytida amaldorlarning joylaşuvini aniqlaşi mumkin bölgan suniy yöldoş kuzatuvi texnologiyasidagi yutuqlardan ham xavotirda.
“Agar Şimoliy Koreya rahbariyati rejim yöq qilinişi mumkin deb hisoblasa, yadroviy qurollarni işga tuşirişga masul bölgan harbiy qömondonlar qasos oliş buyruqlariga böysunadi”, deyiladi xabarda.
Har qanday javob zarbasi Janubiy Koreyaga emas, balki AQŞga qaratilişi ehtimoli yuqori. Kim Çen In şu ötgan hafta öq-dorilar zavodiga taşrif buyurib, 155 millimetrli öziyurar gaubitsa işlab çiqariş jarayonini közdan keçirgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: