USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Modi oltin sotib olmaslikka va benzinni tejaşga çaqirdi

43 марта

Modi oltin sotib olmaslikka va benzinni tejaşga çaqirdi

Hindiston Boş vaziri Narendra Modi fuqarolarni bir yil davomida zarur bölmagan oltin xaridlaridan voz keçişga, yonilğini tejaşga va mahalliy işlab çiqarilgan mahsulotlarni köproq tanlaşga çaqirdi. U buni Haydarobod şahrida ommaviy mitingdagi çiqiş nutqida aytdi.

Modining aytişiça, jahon iqtisodiyoti hozir beqaror davrni boşdan keçirmoqda. Turli davlatlar taminotdagi uzilişlar, narxlarning ösişi va xalqaro mojarolar oqibatlariga duç kelmoqda. Şu şaroitda Hindiston ortiqça xarajatlarni qisqartirib, içki iqtisodiyotni mustahkamlaşi kerak.
Modi ortiqça oltin xarid qilişdan voz keçiş mamlakatdan xorijiy valyuta çiqib ketişini kamaytirişga yordam berişini takidlagan. Şuningdek, u aholini benzin va dizel yonilğisini tejab işlatişga çaqirgan
​


Boş vazir metro va jamoat transportidan köproq foydalaniş, karpulingni rivojlantiriş hamda elektromobillarga faolroq ötişni ham taklif qilgan. Yuk taşiş sohasida esa, uning fikriça, temir yöl transportiga ustuvor ahamiyat beriş lozim. U COVID-19 pandemiyasi davri tajribasini ham eslab, yonilği sarfini kamaytiriş uçun masofaviy iş, onlayn-konferentsiyalar va virtual uçraşuvlardan yanada kengroq foydalaniş kerakligini taklif qilgan.

Hindiston hukumati rahbari fuqarolarga imkoni bölsa, ortiqça xorij safarlari va çet elda dam olişdan voz keçib, mamlakat içida sayohat qilişni maslahat bergan. U aholini Hindistonda işlab çiqarilgan poyabzal, sumka va boşqa kundalik mahsulotlarni sotib olişga ham çaqirgan. Modining takidlaşiça, bu yangi iş örinlari yaratiş va importga qaramlikni kamaytirişga yordam beradi.
Boş vazir ovqatlaniş mavzusiga ham töxtalib, ösimlik yoğini istemol qilişni qisqartirişni tavsiya qilgan. Uning fikriça, bu ham iqtisodiyot, ham aholi salomatligi uçun foydali böladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: