Endi Hindiston Rossiyadan emas, AQŞdan neft sotib oladi – Tramp
3-02-2026, 13:41
190 марта

Endi Hindiston Rossiyadan emas, AQŞdan neft sotib oladi – Tramp
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Hindiston Rossiyadan neft sotib olişni töxtatişga va AQŞdan köproq neft xarid qilişga rozi bölganini malum qildi. Bu haqda u keça, 2 fevral kuni Hindiston Boş vaziri Narendra Modi bilan bölib ötgan muzokaralardan söng Truth Social tarmoğida yozib qoldirdi.Trampning sözlariga köra, suhbat davomida tomonlar savdo masalalari va Rossiya–Ukraina uruşini yakunlaş mavzusini muhokama qilgan. Uning aytişiça, Modi Rossiyadan neft xarid qilişni töxtatib, asosan AQŞdan, ehtimol Venesueladan ham neft sotib olişga rozi bölgan. Tramp bu qadam Ukrainadagi uruşni tugatişga yordam beradi, deb hisoblaydi.
Şuningdek, Tramp AQŞ va Hindiston örtasida savdo kelişuvi tuzilganini va u darhol kuçga kirişini elon qilgan. Kelişuvga köra, AQŞ Hindiston uçun boj stavkalarini 25 foizdan 18 foizgaça tuşiradi. Hindiston esa AQŞga nisbatan barça tarif va notarif tösiqlarni nol darajagaça kamaytiriş yölida harakat qilişga rozi bölgan.
Bundan taşqari, Hindiston AQŞdan energetika, kömir va qişloq xöjaligi mahsulotlarini öz içiga olgan tovarlarni 500 milliard dollardan ortiq miqdorda xarid qiliş majburiyatini olgan.
Tramp Hindiston bilan munosabatlar kelajakda yanada mustahkamlanişini aytib, Modi bilan özini “iş qiladigan yetakçilar” deb tariflagan.
Narendra Modi esa X ijtimoiy tarmoğida muzokaralarni izohlab, Trampni maqtagan va bojlarning kamaytirilgani uçun minnatdorlik bildirgan. Biroq u Rossiya neftidan voz keçiş masalasini tilga olmagan.
OAVning yozişiça, AQŞ va Hindiston bu kelişuvga bir neça oy davom etgan murakkab savdo muzokaralaridan söng erişgan. 2025 yilning avgustida Tramp Hindistonga qöşimça bojlar joriy qilgan, bunga sabab sifatida Nyu-Dehlining Rossiyadan neft xarid qilişda davom etayotganini körsatgan edi. 2026 yil boşida esa Hindiston Rossiya neftini sotib olişni töxtatmasa, bojlar yana oşirilişi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.