Tramp Hindiston bilan savdo bitimidan voz keçdi
4-09-2025, 17:16
137 марта

Tramp Hindiston bilan savdo bitimidan voz keçdi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Rossiya neftini import qilişni töxtatmagunça Hindiston bilan savdo bitimini imzolaşdan boş tortdi. Bu haqda uç manbaga tayanib “The Waşington Post” xabar berdi.Malumotlarga köra, yaqinda AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio va AQŞ Savdo vakili Jeymison Grir Trampga Hindiston bilan savdo bitimi loyihasini taqdim etgan. Unga köra, Hindiston Amerika mahsulotlariga qöyiladigan bojlarni keskin pasaytirişi kerak edi. Ammo Prezident Hindiston Rossiya neftidan voz keçmagunça, bitimni maqullamasligini aytgan.
Manbalarning takidlaşiça, AQŞ va Hindiston örtasidagi munosabatlar sönggi ön yilliklardagi eng past darajaga tuşib qolgan. Bunga Trampning savdo böyiça maslahatçisi Piter Navarro Hindistonni tanqid qilgani ham sabab bölgan. U mamlakatni Rossiya neftini sotib olayotgani uçun qoralab, uning böyniga Ukrainadagi uruşni davom ettiriş aybini ham yuklagan. Tramp mamuriyatidagi rasmiylardan birining sözlariga köra, Navarro muzokaralarda qatnaşmagani bois uning izohlari “foydasiz” hisoblanadi.
Vaşington vakillari Hindistondan Rossiya nefti masalasida keskinroq çoralar körişni talab qilmoqda. Oq uy vakili Anna Kelli Tramp va Hindiston Boş vaziri Narendra Modi örtasida “hurmatga asoslangan munosabatlar” mavjudligini aytgan. Davlat departamenti esa “Hindiston köproq iş qilişi kerak”ligini takidlagan.
Tramp özining Truth Social platformasida Hindiston Rossiyadan neft va harbiy mahsulotlarni köproq, AQŞdan esa juda kam miqdorda sotib olayotganini yozgan. U şuningdek, Nyu-Dehlining bojxona tölovlarini nolga tuşiriş taklifi “keçikkanini” bildirib, AQŞ-Hindiston iqtisodiy aloqalarini “falokat” deb atagan.
“Axios” naşrining yozişiça, AQŞ Yevropani ham Rossiya energiya resurslarini import qilişni davom ettirayotgan Hindiston va Xitoyga qöşimça savdo bojlarini joriy etişga çorlamoqda.