Hindiston va Xitoy 5 yil ötib aviaqatnovni tiklamoqda
1-09-2025, 10:10
95 марта

Hindiston va Xitoy 5 yil ötib aviaqatnovni tiklamoqda
Hindiston va Xitoy 5 yildan ortiq tanaffusdan söng töğridan töğri aviaqatnovni tiklamoqçi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.Reja 31 avgust kuni Xitoyning Tyanjin şahrida oçilgan Şanxay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) sammitida elon qilindi. Hozirça parvozlar qaçon qayta yölga qöyilişi nomalum. Sammitda Hindiston boş vaziri Narendra Modi ham iştirok etmoqda. Bu uning Xitoyga sönggi yetti yilda qilgan ilk taşrifi böldi.
Tadbir davomida Modi va Xitoy raisi Si Tszinpin çegaradagi kelişmovçiliklarni yumşatiş hamda ikki davlat örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş niyatini bildirdi. Ikki davlat örtasidagi munosabatlar 2020-yilda mamlakatlar harbiylari örtasida çegarada yuz bergan qonli töqnaşuvlardan keyin yomonlaşgandi. Ammo sönggi paytlarda AQŞ prezidenti Donald Tramp boşlab bergan savdo uruşi fonida ikki davlat aloqalari yaxşilanmoqda.
Avgust oyida Xitoy taşqi işlar vaziri Van I Nyu Dehliga taşrif buyurgan edi. Bu taşrif Trampning Hindiston Rossiyadan neft import qilayotgani sababli hind mahsulotlariga 50 foizlik boj joriy etiş qarori fonida amalga oşirilgan.